So’nggi yangiliklar

17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  0 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  1 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  4 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  6 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  29 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  9 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  16 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  10 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  4 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5

Temur Kapadze: “Yurtimizda o'tkaziladigan Osiyo chempionatida g'olib chiqib ishqibozlarga quvonch ulashmoqchimiz” Yangiliklar

Temur Kapadze: “Yurtimizda o'tkaziladigan Osiyo chempionatida g'olib chiqib ishqibozlarga quvonch ulashmoqchimiz”

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yil kuz oyida yurtimizda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga qizg'in ravishda hozirlik olib bormoqda.

Terma jamoa bosh murabbiyi Temur Kapadze poytaxtda o'tkazilayotgan yig'in hususida O'FA rasmiy saytiga intervyu berdi.

“Karantin tufayli nafaqat biz, balki, boshqa yoshdagi terma jamoalar ham rejalariga o'zgartirish kiritdi. Koronavirus xorijdagi yig'inlarimizga, xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarimizga to'sqinlik qildi. Yangidan reja tuzib chiqdik. Bilasiz, Osiyo chempionati O'zbekistonda o'tkaziladi. Turnirgacha vaqt kam qolgan. Futbolchilar deyarli uch oy mashg'ulotlar va yig'inlarda qatnashmadi. SHunga qaramasdan bir hafta oldin poytaxtda yig'inni boshladik. O'zimizda bo'lib o'tadigan qita musobaqasiga qadar yaxshi tayyorgarlik olib borib, munosib harakat qilgan holda chempionlikni qo'lga kiritib ishqibozlarga quvonch ulashmoqchimiz. Yil boshida tuzgan rejalarimiz o'zgardi. CHunki, ko'p o'rtoqlik uchrashuvlari bekor qilindi. Hozirgi sharoitda chetga chiqishni iloji yo'q, xorij jamoalarida ham bu erga kela olmaydi. SHuning uchun o'zimizni mahalliy klublarimizga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushamiz. Avgust va sentyabr oylarida xalqaro turnirlarga taklif qilishgan. Biroq, u ham aniq emas. Maqul kelsa buni amalga oshirishimiz mumkin. Biz uchun har bir musobaqaning ahamiyati yuqori. Osiyo chempionati uyda bo'ladi. SHu bois faqat chempionlik va sovrinli o'rinlar uchun harakat qilamiz.

Faoliyatim davomida orttirgan tajribam menga katta yordam bermoqda. Milliy terma jamoada ko'p o'yinlar o'tkazganman. Ushbu tajribamdan kelib chiqib ko'rsatmalar bermoqdaman. Bollarimiz ko'z tegmasin yaxshi. Ularni har tomonlama tayyorlashga harakat qilamiz. Bizda texnik tomondan kuchli futbolchilar bor. Ayta olamanki, hujumkor o'yin ko'rsata olamiz. Albatta, birinchi galda barcha chiziqlarda balans bo'lishi lozim. Qaerda himoyalanish kerak, qaerda hujum qilishimiz kerak, bularning barchasini tahlil qilib chiqamiz. 

Jasur Jaloliddinovning hozirgi holati quvontirmoqda. Uni “Bunyodkor”dagi o'yinlarini kuzatib boryapmiz. SHuningdek, Hojimat Erkinovni ham holati yaxshi. Bunday futbolchilar qancha ko'p bo'lsa terma jamoamiz uchun shuncha foydali bo'ladi”,- deydi Temur Kapadze.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика