So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Temur Kapadze: Maqsadimiz – kengaytirilgan tarkibdagi futbolchilarni ham ko'rib olish Yangiliklar

Temur Kapadze: Maqsadimiz – kengaytirilgan tarkibdagi futbolchilarni ham ko'rib olish

Xabaringiz bor, shu yilning oktyabr oyida yurtimizda U-19 Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.

Unda ishtirok etadigan Temur Kapadze boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz qizg'in tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Bugundan navbatdagi yig'inlar boshlandi. Yig'inning dastlabki 14 – 18 yanvar, ikkinchisi esa 21 – 25 yanvar kunlari o'tkazilib, ularda ikki xil tarkib jalb etilishi rejalashtirilgan. SHunda murabbiylar shtabi tomonidan 44 futbolchi ko'rikdan o'tkaziladi.

Yig'inlar doirasida Kapadze shogirdlari to'rtta o'rtoqlik o'yinida ham ishtirok etishadi. 16 yanvarda “Bunyodkor” yoshlari, 18 yanvar AGMK U-19, 23 yanvarda “Lokomotiv” yoshlar tarkibi va 25 yanvar kuni “Paxtakor” jamoasi yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

Yoshlar terma jamoamiz ustozi O'FA rasmiy saytiga mazkur yig'inlar bo'yicha fikrlarini bildirib o'tdi:


– Bugundan yangi yig'in boshladik. Dekabr oyida ham yig'in tashkil etib, Saudiyada o'tgan Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etgan futbolchilarning harakatlarini kuzatish, ularga baho berish imkoniga ega bo'lgan edik.

Jamoaning o'zagi ancha shakllanib ulgurgan, deyish mumkin. Bir qator salohiyati katta o'yinchilarni hozirdanoq aytib o'tsa bo'ladi. O'tgan yig'indan keyin 5-6 nafar futbolchini yanvar oyidagi ushbu o'quv-mashg'ulot yig'inlariga ham jalb etishga qaror qildik. Qolgan barcha futbolchilar terma jamoa safiga yangi chaqirilgan o'yinchilar. Ushbu kengaytirilgan tarkibda bor bo'lgan futbolchilarni ham kuzatib, ularnig imkoniyatlarini bilib olamiz.

Qayd etib o'tishni istardimki, mazkur yig'inimiz 2 qismdan iborat bo'ladi. Dastlabki qism 14-18 yanvar oralig'ida, keyingisi esa 21-25 yanvar kunlari o'tkaziladi. Ikkala yig'inning har birida 22 nafardan futbolchilar ishtirok etishadi. Yig'in davomida o'rtoqlik o'yinlari ham o'tkazamiz va barcha futbolchilarga o'ynash imkonini taqdim etamiz. SHundan keyingina menda ushbu futbolchilar xususida etarlicha tasavvur bo'ladi.

Yig'indan ko'zlangan asosiy maqsadimiz – kengaytirilgan tarkibdan o'rin olgan barcha futbolchilarni ko'rib olish.

Oldimizda turgan asosiy musobaqaga qadar 9 oy vaqt qolmoqda. SHu boisdan endilikda har oy yig'inlar tashkil etamiz va xalqaro o'rtoqlik o'yinlarida ham muntazam maydonga tushib boramiz.

Bilasizmi, biz futbolchilar bilan doimiy aloqada bo'lib turibmiz. Telegramda ham alohida guruhimiz bor, unda shogirdlarim bilan onlayn tartibda nazariy mashg'ulotlar ham o'tkazib turibmiz. Bazan men ularga jamoamiz ishtirokidagi o'yinlardan videokesmalar yuboraman va ular ushbu vaziyatda aslida qanday harakat qilishi lozim bo'lgani haqidagi fikrlarini bildirishadi. Men shogirdlarim o'yinni o'qiy olish, yaxshi tahlil qilishni o'zlashtirishlarini juda ham istayman. Zero bu jihat hozirgi kunda zamonaviy futbolning ajralmas qismidir, – dedi mahoratli murabbiy.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика