So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Timur Kapadze: "Eron bilan ochilish uchrashuvi qiziqarli kechadi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Eron bilan ochilish uchrashuvi qiziqarli kechadi"

Bir necha soatlar oldin yurtimizda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze O'FA rasmiy saytiga qura va raqiblar haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Menimcha, Eronga qarshi ochilish uchrashuvi qiziqarli kechadi. Qura yakunlariga ko'ra Eron, Kambodja, Indoneziya bilan bir guruhdan o'rin oldik. Yaxshi raqiblar tushdi. Eronni barcha yoshdagi terma jamoalari jismonan kuchli o'yin namoyish etadi. Qolgan ikkita termani o'yinlarini ham ko'rib chiqamiz. Narigi guruhda ham qiziqarli o'yinlar bo'ladi. Janubiy Koreya, Yaponiya, Iroq, Bahrayn. Asosiy maqsadimiz o'z guruhimizda birinchi o'rinni egallash. Keyingi bosqichda kim tushishidan qatiy nazar o'shanga qarab tayyorgarlik ko'ramiz. Muhimi biz uyda o'ynaymiz. Musobaqa o'zimizda bo'lib o'tadi. Koronavirus bo'lmaganida qura tashlash marosimi ham o'zimizda o'zgacha muhitda o'tkazilgan bo'lardi. Nasib qilsa muxlislarning daldasi bilan yaxshi tayyorgarlik ko'rib oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishamiz",- deydi Timur Kapadze.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика