So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Temur Kapadze: “6 daqiqa ichida 3 ta gol urishimizni kutmagandik” Yangiliklar

Temur Kapadze: “6 daqiqa ichida 3 ta gol urishimizni kutmagandik”

Kecha Toshkentning “Lokomotiv” klubi o'z uyida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qilib yirik hisobda g'alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng “Lokomotiv klubi sardori Temur Kapadze o'yin haqida fikr bildirdi.

-  6 daqiqani ichida 3 ta gol urishimizni kutmagandik. “Navbahor”ga qarshi har doim qiyin o'yinlar bo'lgan. SHuning uchun ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. “Navbahor” ko'p jamoalarga qiyinchilik tug'dirib kelmoqda. 3ta goldan keyin uchrashuv deyarli hal bo'lgani uchun so'nggi daqiqagacha xotirjamlikka berildik.

Keyin yana 2 ta gol urib yirik hisobni qayd etdik. Muhimi g'alaba edi, oldimizga katta vazifalar qo'yilgan. O'yinimizda biroz kamchiliklar bor, ana shu kamchiliklar ustida ishlab xatolarimizni bartaraf etamiz. Oldimizda ulkan vazifa turipti. Butun O'zbekistondan faqat bir nafar jamoa OCHLda ishtirok etmoqda. SHuning uchun ham OCHLda navbatdagi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. SHu uchrashuvga qanchalik tayyorgarlik ko'ramiz buni vaqt ko'rsatadi.  

Navbatdagi o'yinni “Andijon” jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Eshitdim “Andijon” o'z uyida “Paxtakor”ni mag'lubiyatga uchratibdi. O'zi har doim vodiy jamoalari bilan ko'p yillardan beri og'ir o'yinlar kechadi. “Navbahor” bilan og'ir o'yin o'tmadi, chunki o'yin boshida tezkor 3ta gol urib olgandik. “Navbahor” jamoasida ham golli vaziyatlar bo'ldi. Qaerdadir omad yana qaerdadir tajribasizlik ularga pand berdi. Agarda yaxshiroq hujumchi bo'lganida darvozamizni ishg'ol qilardi. Himoyada xatolar yo'l qo'ygandirmiz. “Navbahor” o'sha xatolarimizni kechirgan bo'lsa vodiyning qolgan 3ta jamoasi kechirmasligi mumkin. Murabbiylarimiz mana shu xatolarimiz ustida ishlashadi”, - deydi “Lokomotiv” klubi sardori Temur Kapadze.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика