So’nggi yangiliklar

19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  7 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  10 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  5 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7

Temur CHogadze: "Nasaf"ning asosiy maqsadi O'zbekiston kubogi emas, Superliga chempionligi" Yangiliklar

Temur CHogadze: "Nasaf"ning asosiy maqsadi O'zbekiston kubogi emas, Superliga chempionligi"

"Nasaf" jamoasining gruziyalik legioneri Temur CHogadze "Surxon"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi

- O'yin haqida

- Bugun qiyin uchrashuv bo'ldi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Musobaqa jadvalidagi o'rnimizni yaxshilashda davom etishimiz kerak.

- "Nasaf"dagi dastlabki o'yinlaringizni o'tkazmoqdasiz va O'zbekistonga kelganingizga bor yo'g'i bir necha oy bo'ldi. Milliy chempionatimiz haqida qanday fikrdasiz? Sizda adaptaciya jarayoni hali hamon davom etmoqdami?

- O'zbekiston jamoasiga o'tishimdan avval qo'shni mamlakat Qozog'istonda to'p surgandim. CHempionatlar bir biriga o'xshash deya olaman. Men uchun hozir adaptaciya vaqti kechmoqda va shu sababli biroz vaqt kerak. O'zbekistonda infratuzilma yaxshiroq ekan. Qozog'istonning ko'pgina klublari suniy qoplamali maydonga ega. Bu esa futbolchi uchun noqulay.

- "Nasaf" jamoasiga chempionlik uchun o'tganingizni takidlagan edingiz. "Nasaf" 8-turda ishtirok etdi. Hozirgi vaqtda "Nasaf"ning chempionlik uchun bo'lgan imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Hali hamon yaxshi imkoniyatga egamiz deb o'ylayman. Biroz muammolar va jarohatlar ko'paydi, ammo bu bahona bo'la olmaydi. Umumiy qilib aytadigan bo'lsam, hali kurashishda davom etish kerak.

- Ketma-ket uch mavsum davomida "Nasaf" O'zbekiston kubogida g'olib bo'layotgan edi. Joriy mavsumda esa jamoa guruh bosqichida qolib ketdi. "Nasaf" qayd etgan bunday yomon natijaga izoh berib o'tsangiz?

- O'zbekiston kubogida omadsiz ishtirok etdik. Asosiy maqsadimiz kubok emas chempionlik. Eng muhimi joriy mavsum liga chempionligini qo'lga kiritish.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика