So’nggi yangiliklar

06:40Суперлига. "Навбаҳор" йирик ҳисобда зафар қучди, "Пахтакор" ва "Динамо" эса ўйиннинг охирги дақиқаларида уч очкони қўлга киритди  0 02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  9 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  33 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  20 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  5 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42

TeamMelli: "Keyrushning o'yin uslubi yaxshi tashkillashgan va bo'yi uzun o'zbekistonlik himoyachilarga qarshi samara bermasligi aniq" Yangiliklar

TeamMelli: "Keyrushning o'yin uslubi yaxshi tashkillashgan va bo'yi uzun o'zbekistonlik himoyachilarga qarshi samara bermasligi aniq"

Eronning "Team Melli" nashri O'zbekistonga qarshi bahs oldidan Karlush Keyrush borasida tanqidiy maqola elon qildi. Ushbu maqolani etiboringizga havola qilamiz.

Eron terma jamoasi 4 ochkoga ega bo'lishiga qaramay, o'z muxlislarini xafa qilmaslik va tanqidchilarga mavzu topib bermaslik uchun o'z ustida ishlashi kerak.

Eron yaxshi tashkillashgan Qatar terma jamoasiga qarshi "Ozodi"da o'tgan JCH-2018 saralashining ilk bahsida raqib darvozasi yaqinida bir nechta yaxshi imkoniyatlardan foydalana olmadi. 5 kun o'tib SHenyanda eronliklar Xitoyda durang qayd etdi. Jamoa to'liq kuchini ko'rsata olmadi.

Karlush Keyrush qo'l ostida barcha muhim futbolchilar borligiga qaramasdan, Eron terma jamoasi Qatar va Xitoyga qarshi deyarli bir xil o'ynadi.

Eron Qatarni engishi uchun raqibning juda qo'pol xatosi kerak bo'ldi. Xatto Klod Amin Karim Ansarifardga to'pni sovg'a qilganda ham "Panionis" hujumchisi o'zini yo'qotib qo'ydi va qatarlik himoyachi forvardning juda sekin harakatidan vaziyatni bartaraf etdi. O'sha kuni omad Eron tarafda edi, Guchannajod to'pni qabul qilib, gol urdi.

Keyingi gol Jahonbahsh hisobiga yozildi. U o'zi tomon uzatilgan ajoyib uzatmani bir harakat bilan yo'liga to'g'irladi va darvozaning yaqin burchagiga zarba berib, uchrashuv taqdirini hal qildi.

Xitoyga qarshi uchrashuvda avvalgi bahsdagidek eronliklarga omad kulib boqqani yo'q.

Raqiblar Karlush Keyrush boshchiligidagi eronliklar o'yinini etarli darajada o'rgangan ko'rinadi. Eron terma jamoasining futbolchilarida esa raqib himoyasini yorib o'tish uchun g'oyalar tugab qolgandek.

Hujumchi Sardor Azmunga uzatilayotgan to'plarni Qatar va xitoylik futbolchilar osongina egallab olishmoqda. Bir gazetaning maqolasiga ko'ra, Keyrush jamoani Ali Daioga topshiradigan vaqt kelgan ko'rinadi.

Karlush Keyrushning eng no'noq tarafi shundaki - unda himoyani yorib o'tish uchun qo'shimcha rejalar yo'q. Bir yoki ikki futbolchi uzoq masofadan darvozaga zarba berishga qodir, ammo avvalgi bahslarda bundan foyda chiqmaganining guvohi bo'ldik. Xatto bazi zarbalardan so'ng muxlislar to'pni uyiga esdalik sifatida olib ketishdi.

Himoyani yorib o'tish usullaridan biri jarima maydonchasi yaqinida dribling ishlatish yoki mayda va tezkor paslar bilan raqib maydonchasiga kirish. Eron terma jamoasi ikkala uslubda ham o'ynay oladi, ammo bu uslublar qo'llanilmayapti.


Eron terma jamoasida hujum qilishning yagona uslubi bor - bu qanotlardan hujumga o'tish. Bu falsafa 180 daqiqadan beri foyda bermayapti. Ushbu o'yin turi yaxshi tashkillashgan, kuchli va bo'yi uzun bo'lgan o'zbekistonlik himoyachilarga qarshi yana samara bermasligi aniq.

Keyrush Rossiyadagi jahon chempionatida ishtirok etadigan Osiyo jamoalaridan biri bo'lishi uchun tajribasini ishga solib, yangi hujum usullarini o'ylab topishi lozim. Bu qog'ozda oson ko'rinishi mumkin, ammo aytilganidek engil ish emas. Keyrush er va havoni ayblashning o'rniga o'z strategiyasini o'zgartirishi kerak. Barcha o'yinlarga bir o'yin uslubi foyda bermaydi va bu juda tavakkal qaror hisoblanadi.

Keyrush haqida yomon malumotlar ko'p, Eron terma jamoasi bosh murabbiy borasida bunday yangiliklar bo'lmasligi kerak. U doimo milliy chempionat rahbariyati, OAV va bazi muxlislar bilan janjal uyushtiradi. Mutaxassis o'zi haqida yomon taassurot qoldirishdan charchamaydi. Keyrush o'zini boshqara olmasligi va bazi qiliqlari tufayli uydagi uchrashuvda 4 nafar eronlik futbolchi sariq kartochka bilan jazolandi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика