So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Taxmin: Italiya A Seriyasi 2 yil ichida qanday o'zgardi? (O.S. blogi) Yangiliklar

Taxmin: Italiya A Seriyasi 2 yil ichida qanday o'zgardi? (O.S. blogi)

Futbolning istalgan jihatida biror yaxshi natija etmoqchi bo'lsangiz, albatta, buning uchun poydevorni kamida 2-3 yil avvaldan qo'yib borishingiz kerak bo'ladi. Qatar terma jamoasi Osiyo kubogida chempion bo'lgani, "Liverpul"ning Yurgen Klopp kelgach qayd etayotgan natijalari - bularning barchasi avvaldan qo'yilgan poydevorning natijasi.

Aslida, futbolda oldindan analiz qo'yish, fikr bildirishda ham shunday. 2019 yilning iyul oyida "Interfutbol" gazetasida "Kuchayayotgan A Seriya" nomli maqola yozgan ekanman. Bugun Hayit bayrami sabab (aytgancha, ayyomingiz muborak! 4 kunlik dam olishda maza qilib dam oling va "Championat.asia"ni o'qishdan to'xtamang!) uyga — Jizzaxga kelganimda shu gazetadagi maqolamni topib olib, qayta o'qib chiqdim. 

O'sha, 2 yil avvalgi maqolada A Seriyaning yildan-yilga kuchayayotganini izohlab bergan ekanman. 2018 yilgi Jahon chempionati vaqtida Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tishi ko'pgina muxlislar, shuningdek, homiylar-u, A Seriya o'yinlari translaciyasini sotib olmoqchi bo'lganlarning ortgani haqida fikr bildirganman. Bundan tashqari Italiyaning boshqa klublari ham o'z tarkiblarini kuchaytirishayotganini eslab o'tganman. 

Eng qizig'i, esa 2019/20 yilgi mavsumda "Yuventus" emas, balki boshqa jamoaning chempion bo'lishini taxmin qilganman. Masalan — "Inter". Bunga jamoa tarkibi kuchaygani va Antonio Konte effekti sababligini bildirgan ekanman. Ammo o'tgan yili "Yuventus" chempion bo'ldi. "Inter" bilan orasidagi farq 1 ochko bo'ldi (kim bilsin deysiz, koronavirus degan kasallik tarqalmay, karantin bo'lmaganida milanliklar chempion bo'lishga ulgurisharmidi?!). Bu mavsum esa haqiqatanam "Inter" chempion bo'ldi. 

O'sha maqolamda TOP darajadagi murabbiylarning klublarga kelishi, ishlashyotgani haqida aytib, "Milan"ga Mourino kelsa chempionatning yanada zo'r bo'lib ketishini o'zimcha taxmin qilibman. Qarangki, "Milan" emas, "Roma" yangi mavsumni portugaliyalik murabbiy bilan boshlamoqchi (o'sha vaqtda "Yuventus"da "CHelsi"ni Evropa ligasi chempioni qilgan Mauricio Sarri, "Napoli"da "Real Madrid"ni CHempionlar ligasi chempioni qilgan Karlo Anchelotti ishlagan ekan). 

Ammo bir masalada adashibman — 2018/19 yilgi mavsumda ECHL finalida ham, EL finalida ham Angliya klublari o'ynashgan ekan. Men esa kelasi mavsum Italiya klublari mazkur bosqichlarga etib borishsa ajablanmaslik kerakligini bildirganman. O'tgan mavsum-ku Franciya va Germaniya klublari bo'lishdi, bu mavsumda esa APL klublari yana finalda! (ha, "Arsenal", "Arsenal"jon-a, chiqsang bo'lmasmidi?! Maqolani to'liq qilib turarding shu vaqtda!)

Futbol, ishoning, baribir zo'r o'yin. Bu sport turi haqida muhokama hech qachon tugamagan, tugamayapti, tugamasa ham kerak. Munosabatlar, fikrlar, tahminlar doimo ham o'zini oqlayvermaydi, qachon oqlashi mumkinligi haqida esa maqolaning avvaliga qaytib, dastlabki ikki hatboshini o'qib chiqsangiz bilib olasiz. Bayramingiz muborak!

P.S.: "o'zingning hech kimga qiziq bo'lmagan taxmining zo'rg'a o'zini oqlabdi, shunga ota gori qozi xonami?" deb yubormassiz, hay. SHu, shugina maqola esga tushib yozdim, shunchaki.

Og'abek Samisov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика