So’nggi yangiliklar

22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  5 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  6 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  2 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  8 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  9 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  12 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  19 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  7 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  4

Tavallud ayyom muborak, Caken Djetibaevich! Yangiliklar

Tavallud ayyom muborak, Caken Djetibaevich!

Bugun O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, sport va futbol fidoiysi Saken Polatov o'z tavallud kunini nishonlayapti.

Saken Djetibaevich bugun 44 yoshni qarshi oldi. 1975 yilning 22 avgust kuni dunyoga kelgan bugungi kun qahramonimiz ixtisosligi bo'yicha vrach-epidemiolog. U 2002 yilda Toshkent Davlat medicina institutini tamomlagan. Lekin sportga bo'lgan qiziqish tibbiyotdan ustun keldi.

Amaldagi O'zbekiston chempioni Toshkentning "Lokomotiv" klubi rivoji uchun ulkan xissa qo'shgan Saken Polatov joriy 2019 yilda bir yo'la ikkita sport tashkilotiga rahbar lavozimiga tayinlandi. Avvaliga fevral oyida O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, keyin esa iyunda O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti etib tayinlandi. Hozir bor etibor Tokio-2020 Olimpiadasiga qaratilgan. SHu bilan birga sentyabr oyida Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tkaziladigan boks bo'yicha jahon chempionatiga ham Saken Polatov boshchiligida katta tayyorgarlik ketyapti. Ayni kunlarda CHechenistonda o'tkazilayotgan xalqaro turnir charm qo'lqop ustalarimizga so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

Fursatdan foydalanib, Saken Djetibaevichni bugungi unutilmas kun - tavallud ayyom bilan saytimiz ijodkorlari va muxlislari nomidan muborakbod etamiz. Sportimiz fidoiysi va jonkuyariga uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика