So’nggi yangiliklar

13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  2 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  9

Tavallud ayyom muborak, Bobur Kabulovich! Yangiliklar

Tavallud ayyom muborak, Bobur Kabulovich!

Bugun “Paxtakor” professional futbol klubi prezidenti Bobur SHodiev o'z tavallud kunini nishonlamoqda.

Ikki yil avval Bobur Kabulovich “Paxtakor”  prezidenti etib tayinlangach, klub hayotida jobiy tomonga katta o'zgarishlar kuzatila boshlangandi. Asosiy jamoa hamda futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarining yuqori saviyada mashg'ulot o'tkazishi, yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ayollar va futzal jamoalarining oliy ligadagi ishtiroki taminlandi. Klubni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha ham katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi va bu jarayon bugungi kunda ham jadal suratlarda davom etyapti. 

Albatta, bu o'zgarishlar hamda olib borilayotgan islohotlarda Bobur SHodievning hissasi katta bo'lmoqda. Lekin har qanday islohot ham tezda o'z mevasini bermaydi. Buning uchun vaqt talab etiladi. Fikrimizni jamoa qayd etgan natijalar ham tasdiqlaydi. Bobur SHodiev rahbarligining ilk yili "Paxtakor" bronza medalini qo'lga kiritdi. O'tgan yili jamoa O'zbekiston vice-chempioniga aylandi hamda OCHL yo'llanmasiga ega chiqdi. Bu yil esa "sherlar" mamlakat chempionligi uchun juda yaqin turishibdi. O'zbekiston kubogi hamda Liga kubogidagi ishlar ham chakki emas. 

Bobur SHodiev bosh murabbiy masalasida ham adashmadi. Yaqin o'tmishning mashhur futbolchilaridan biri SHota Arveladze "Paxtakor"da muvaffaqiyatli ishlayapti. Futbolchilar ham gruziyalik mutaxassisning futbol falsafasini yaxshi tushunib olishdi. Buning uchun ham vaqt kerak bo'ldi. Klub rahbariyati Arveladze murabbiyligining dastlabki ikki yilida uni istefoga chiqarishga shoshilmadi. Unga imkoniyat berdi va bu borada Bobur Kabulovich adashmadi. 

Tez orada yangi, jahon andozalariga to'liq javob bera oladigan zamonaviy "Paxtakor" stadionining qurilishi boshlanadi. Klub rahbariyati stadion dizayni va qurilishiga ham katta etibor qaratgan. Xullas, hali qilinadigan ishlar bisyor. Bu borada Bobur SHodiev boshchiligidagi klub rahbariyatiga kuch-quvvat tilaymiz. 

Jafar Irismetovning Bobur SHodievga tilaklari  

- So'zim avvalida Bobur Kabulovichni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etaman. Barcha orzu-istaklari ro'yobga chiqsin. Orzularining teng yarmi "Paxtakor" bilan bog'liq desam yanglishmagan bo'laman. Baxtiga ota-onasi sog' bo'lishsin, farzandlarini rohatini ko'rishsin. Qolaversa, barcha yo'nalishdagi ishlariga ham rivoj tilayman. Qo'li ochiq, sahiy inson. Juda ko'pchilikka yordam beradi, lekin bu xayrli ishlarini hech kimga aytmaydi. Buni men yaxshi bilaman. Bu xayrli ishlariga Yaratgan o'z ajrini bersin. Bunday sahovatli, qo'li ochiq insonlar yurtimizda ko'payaversin. Bobur Kabulovichning "Paxtakor" klubiga rahbarlik qilayotgani bu bizning baxtimiz. Nasib qilsa, bu yil hozir o'zimiz qatnashayotgan uchchala musobaqada ham chempion bo'lib, muxlislarimizni xushnud etamiz.           

Fursatdan foydalanib, shampionat.asia va olamsport.com sayti ijodkorlari ham Jafar Irismetovning tilaklariga qo'shilgan holda Bobur Kabulovich SHodievni bugungi tavallud ayyom bilan muborakbod etadi. Albatta, bu tilaklar, tabriklarga "Paxtakor" jamoasi muxlislari ham qo'shilishadi. Axir, futbol ular bilan fayzliku!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика