So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  3 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

"Taslim bo'lma, Siroj" akciyasi va futbolchining holati haqida batafsil Yangiliklar

"Taslim bo'lma, Siroj" akciyasi va futbolchining holati haqida batafsil

Teglar :  Sirojiddin Sayfiev
"Dinamo" klubining sadoqatli futbolchisi, jamoa sardori bo'lgan Sirojiddin Sayfievni "rak" kasalligiga chalinganligi haqida xabar bergan edik.

Sayfiev futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng bu dardga chalindi. Uning ilk alomatlari 2015 yil ko'zga tashlangan. Dastlab kasallik futbolchining buyragida aniqlangan. Tashxis, 3 stadiya. Pulga muxtojlik sezgan Sirojiddin "Dinamo"da o'zi to'p tepkan yillari uchun yig'ilib qolgan qarzini so'rashi bekor ketgan. Yaqinlari yordamida kerakli "ximiya"ni olgach, o'pkasidagi o'simtaning yarmi yo'q qilingan va kasallikni rivoj olishi to'xtatilgan. Ammo 2016 yilda uning boshida qattiq og'riq turgan va bu kasallik uni bosh qismiga o'tgani malum bo'ldi. 


Davolanish jarayoniga ko'p miqdorda pul ketdi, bu borada unga Erkin Boydullaev yaqindan yordam bergan. SHifokorlar oila azosiga tayyor turishni aytgan bir paytda, u o'zida iroda topgan holda 1 hafta avval do'sti yordamida Moskvaga etib bordi. 3 va 4 aprel kunlari ikki marotaba kuchli kimyoviy amaliyotni o'z boshidan o'tkazdi. 

SHiforkorlarni aytishlaricha uning boshida 6ta o'simtadan 3tasini qisqartirishga erishilgan. Yana uchtasi esa hozircha kichik holatda. Bu kabi tashxis bilan kelgan bemorning hayoti uning organizmini dard bilan kurasha olishiga bog'liqligi aytildi. 

Barchamiz Sirojiddiy Sayfievga tuzalib ketishini tilagan holda akciyani ochiq deb elon qilamiz.

SHu kungacha uning oila azolari va yaqin do'stlaridan tashqari, Erkin Boydullaev katta yordam qildi. Moskvaga ketishidan avval "Dinamo"ning bugungi rahbariyati unga moddiy yordam ko'rsatganlar.

Ammo "Dinamo" unga tegishli bo'lgan 70 millionga yaqin qarzini tezroq to'plab bermasa bo'lmaydi.

#taslimbo'lmasiroj akciyasi doirasida 200 000 000 (ikki yuz million) so'm pul miqdoridan ortiq pul yig'ishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik.

Bundan 3 yil avval Kamoliddin Kenjaevga 15 000 AQSH dollari va 20 million so'm miqdorida pul jamlay olgan edik. Unda imkoniyatlarimiz katta emas edi. Ko'pchilik akciyadan xabar topmagan. Bugun OAV rivojlanib ketdi, boshqa saytlardan ham shu loyihani qo'llab-quvvatlashni iltimos qilamiz.

"Lokomotiv", "Olmaliq", "Nasaf", "Dinamo", "Buxoro", "Obod", "JFL Tashkent" jamoalari akciyada ishtirok etishlarini malum qildilar.

Undan tashqari, Qatardan Temurxo'ja Abduxoliqov va Sanjar SHoahmedov ham loyihada ishtirok etishlarini bildirdilar. 

Akciyani 6-turga qadar davom ettiramiz. 14-15 aprel kunlari 6-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. 

SHu kuni mezbon klublar chipta narxlarini 2000 so'mga oshirsalar va aynan shu summa Sayfievning salomatligi yo'lida ishlatsak, bironta muxlis norozi bo'lmasa kerak. Aksincha agar targ'ibotni birgalikda qilsak, o'sha tur o'yinlariga ko'proq muxlislarning tashrif buyuradilar. 

Ertadan boshlab akciya Live ko'rinishida 12 kun davomida kun mavzusida turadi va unda Samarqand va Toshkentda kim pul yig'ishga masul bo'lishi, futbolchining hisob raqami elon qilinadi.

Saytni kuzatib boring!


Reyting: +93   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика