Tartib posbonlari MYU afsonasini "Old trafford"ga qo'ymadi
04 may 2019 00:55
Yangiliklar


Tartib posbonlari MYU afsonasini "Old trafford"ga qo'ymadi
Angliya chempionatining 36-tur Old Trafforddagi MYU hamda CHelsi o'rtasidagi uchrashuvdan oldin tartib posbonlari stadionga kirmoqchi bo'lgan qizil iblislar afsonasi Gari Nevillni tanishmagan.
44 yoshli sobiq futbolchi Sky Sports telekanalining ko'rsatuvini tayyorlash maqsadida o'yingohga kirmoqchi bo'lgan.
«Men ikki marta jon holatda stadionga kirishga harakat qildim. Biroq, tartib posbonlari bunga yo'l qo'yishmadi. Ular meni tanimasdan, ruxsatnoma so'rashdi», – deya qayd etgan Gari Nevill.
Nevill akkreditaciya hujjatlarini taqdim etganidan so'ng esa xavfsizlikka javob beruvchi shaxslar uni oxir-oqibat o'tkazib yuborishgan.
Eslatib o'tamiz, Gari Nevill futbolchilik faoliyatini MYUga bag'ishlagan. U jamoa safida 1992-yildan 2011-yilga qadar harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar