So’nggi yangiliklar

07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  0 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  41 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  14 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10

Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari: "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvida tartibsizlik keltirib chiqargan Ro'ziqul Berdiev va Davron Ergashev 5 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi Yangiliklar

Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari: "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvida tartibsizlik keltirib chiqargan Ro'ziqul Berdiev va Davron Ergashev 5 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Coca-Cola Superligasi

“Bunyodkor” — “Nasaf”

Superliganing 6-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvining 33-daqiqasida “Nasaf” klubining 70-raqamli futbolchisi Abubakir Rizo Turdialiev zaxira o'rindig'idan turib yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan uchun maydondan chetlashtirilgan. Bundan tashqari, uchrashuv yakunlangandan so'ng tribuna osti yo'lakchasida uchrashuv hakamlariga nisbatan tajovuzkor xatti-harakat qilib, takroran hakamlar shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan va ommaviy tartibsizliklar vujudga kelishiga sababchi bo'lgan.

Uchrashuvining 71-daqiqasida “Nasaf” vakili Umar Eshmurodov oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisi oyog'ining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Uchrashuv yakunlanganidan so'ng “Nasaf” klubining bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bosh hakam hamda maydondagi futbolchilarga nisbatan haqoratli so'zlar ishlatgan, undan tashqari “Bunyodkor” futbol klubining 4-raqamli futbolchisi D.Ergashevga nisbatan maydonda hamda tribuna osti yo'lakchasida tajovuzkor xatti-harakat qilib, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelishiga sababchi bo'lgan.

SHuni qayd etish kerak, bu Ro'ziqul Berdiev tomonidan o'yin rasmiylari va raqiblarga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lishi bilan bog'liq birinchisi holat emas. Professional mutaxassis hamda murabbiy sifatida Berdiev o'z shogirdlariga o'rnak bo'lishi, tartibsizliklar yuzaga kelganda jamoasini tinchlantirishi maqsadga muvofiq bo'lardi.

“Nasaf”ning boshqa vakillari — Abduvohid Nematov va Mateus Lima Kruz ommaviy tartibsizlik vaqtida o'zlarini agressiv tutib, “Bunyodkor” stadionining futbolchilar kirish yo'lakchasidagi oyna hamda eshikni tepib, sindirib ketishgan.

 

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra:

1. “Nasaf” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi;

2. Umar Eshmurodovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi;

3. Jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga nisbatan 5 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi;

4. Futbolchi Abubakir Rizo Turdialievga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi;

5. Futbolchilar Abduvohid Nematov va Mateus Lima Kruzga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Qo'mita mazkur bahsda “Bunyodkor” vakillari tomonidan sodir etilgan harakatlarni ham ko'rib chiqdi. Xususan, o'yin davomida jamoa murabbiyi Hikmat Hoshimov ogohlantirishlarga qaramay texnik zonaga chiqib, futbolchilarga ko'rsatmalar berib borgan.

Uchrashuvning 90+7-daqiqasida“Bunyodkor” klubining 4-raqamli futbolchisi Davron Ergashev urilgan golni nishonlash paytida muxlislar qarshisida nojoiz xatti-harakatlar qilgan hamda uchrashuv yakunlangandan so'ng provokacion harakatlar qilib, o'zini agressiv tutgan. Bu esa ommaviy tartibsizliklar vujudga kelishiga sabab bo'lgan.

Jamoaning yana bir azosi Usmonali Ismonaliev urilgan golni nishonlash paytida muxlislar qarshisida nojoiz xatti-harakatlar qilgan.

Uchrashuvi yakunlangandan so'ng esa “Bunyodkor” klubining 14-raqamli futbolchisi Ahmadjon Anvarov ommaviy tartibsizlik vaqtida o'zini agressiv tutib, raqib o'yinchisiga nisbatan tajovuzkor xatti-harakat sodir etgan.


Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra:

1. “Bunyodkor” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi;

2. Jamoa murabbiyi Hikmat Hoshimovga nisbatan jarima intizom chorasi;

3. Futbolchi Davron Ergashevga nisbatan 5 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi;

4. Futbolchilar Usmonali Ismonaliev va Ahmadjon Anvarovga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Metallurg” — “OKMK”

Superliganing 6-turi doirasidagi “Metallurg” — “OKMK” uchrashuvining 22-daqiqasida “OKMK” futbolchisi Sanjar Tursunov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisini oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sanjar Tursunovga (“OKMK”) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Olimpik” — “Buxoro”

Superliganing 6-turi doirasidagi “Olimpik” — “Buxoro” uchrashuvining 54-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Muhammadali G'iyosov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muhammadali G'iyosovga (“Olimpik”) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Paxtakor” — “So'g'diyona”

Superliganing 6- turi doirasidagi “Paxtakor” — “So'g'diyona” uchrashuvining 7-daqiqasida “Paxtakor” futbolchisi Doston Tursunov raqib o'yinchisining yuz qismiga qo'li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Doston Tursunovga (“Paxtakor”) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Pro liga

“Lokomotiv” — “Dinamo plyus”

Pro liganing 5-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Dinamo plyus” uchrashuvining 90+6- daqiqasida mezbonlar futbolchisi Manuchehr Safarov raqib o'yinchisi yuz qismiga qo'li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Manuchehr Safarovga (“Lokomotiv”) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Birinchi liga

“Yangier” — “CHig'atoy”

Birinchi liga musobaqasining 2-turidan o'rin olgan “Yangier” — “CHig'atoy” uchrashuvining 73-daqiqasida “Yangier” jamoasining futbolchisi Muhriddin Rasulov to'psiz vaziyatda raqib o'yinchisini tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muhriddin Rasulovga (“Yangier”) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, og'ir-vazmin va professional bo'lishga chaqiramiz. SHu o'rinda Sizlar o'sib kelayotgan yoshlar uchun o'rnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o'tamiz!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика