So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Tartib-intizom qo'mitasi: Iqboljon Malikjonov 3ta, Pavel Bugalo 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va boshqa qarorlar Yangiliklar

Tartib-intizom qo'mitasi: Iqboljon Malikjonov 3ta, Pavel Bugalo 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va boshqa qarorlar

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

«QIZILQUM» — «SURXON»

O'zbekiston Superligasining 10-turidan o'rin olgan «Qizilqum»— «Surxon» uchrashuvning 54-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Iqboljon Malikjonov bosh hakam tomonidan ogohlantirilgandan so'ng yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Iqboljon Malikjonovga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

 

«DINAMO» — AGMK

Superliganing 10-turi doirasidagi «Dinamo»— AGMK uchrashuvning 90+5-daqiqasida AGMK jamoasi murabbiyi Pavel Bugalo yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Pavel Bugaloga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

 

«SURXON» — «SO'G'DIYONA»

U-21 Birinchiligi 9-turi doirasidagi «Surxon»— «So'g'diyona» uchrashuvning 78-daqiqasiga kelib «Surxon» jamoasi futbolchisi Asilbek Temirov o'yin to'xtatilgan vaqtda raqib o'yinchisining ko'krak qismiga urgani va tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asilbek Temirovga nisbatan 3ta o'yinga diskvalifikaciya va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

 

«ARAL» — «CHIG'ATOY»

Birinchi liga 6-turi doirasidagi «Aral»— «CHig'atoy» uchrashuvning 90-daqiqasiga kelib o'yin to'xtatilgan vaqtda «Aral» jamoasi futbolchisi Asad Jumanmuratov raqib o'yinchisiga nisbatan qilgan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asad Jumanmuratovga nisbatan 3ta o'yinga diskvalifikaciya va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

 

«QIZILQUM-V» — «NEFTCHI-V»

Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi «Qizilqum-V» — «Neftchi-V» uchrashuvning 90+2-daqiqasida «Qizilqum-V» jamoasi futbolchisi Ezoza SHaripova jamoasiga nisbatan o'yin qoidasi buzilgandan so'ng raqib o'yinchisi shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan va qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ezoza SHaripovaga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish chorasi qo'llanildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика