So’nggi yangiliklar

13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  1 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  6 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  1 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  4 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  9 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  23 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3

Tarixiy g'alaba "aybdori", yana gol o'tkazmagan "andijonlik" kiper, "Metallurg" to'purari. 18-turning barcha laureatlari Yangiliklar

Tarixiy g'alaba "aybdori", yana gol o'tkazmagan "andijonlik" kiper, "Metallurg" to'purari. 18-turning barcha laureatlari

Kecha Coca Cola Superligasining 18-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Andijon" posboni Igor Litovka "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

Uchrashuvdan avval ko'pchilik o'z uyida o'ynaydigan "Neftchi"ning g'alabasini taxmin qilgandi. Biroq, raqib katta ustunlikka ega bo'lishiga qaramay, Igor Litovka ishonchli o'yini bilan o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va jamoasining bir ochkoni qo'lga kiritishida bosh rollardan birini ijro etdi. SHu sababli Igor Litovka  "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra turning "Eng yaxshi darvozaboni" deb topildi.  



"Metallurg" hujumchisi Zabihillo O'rinboev "Championat.asia" talqinida 18-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.  

Bu tur bekobodliklar o'z maydonida kurashuvchan "So'g'diyona"ni qabul qildi. Qiziqarli bahs 3:1 hisobida "Metallurg" foydasiga hal bo'lganidan xabaringiz bo'lsa kerak. "Madanchilar" urgan uchala golda ham ishtirok etgan Zabihillo O'rinboev dubl yoniga assist ham qo'shib qo'ydi. Ajoyib mavsum o'tkazayotgan Zabihillo mavsumdagi gollari sonini 6 taga etkazib oldi.  


"Metallurg" futbolchisi Kerim Palichning "So'g'diyona" darvozasiga kiritgan to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 18-turning eng chiroyli goli (VIDEO) deb tan olindi. 

"Metallurg" - "So'g'diyona" uchrashuvining 58-daqiqasida Palich deyarli maydon markazida to'pni Zabihillo O'rinboevdan qabul qilib oldi va oldinga qarab yugura boshladi. Bir nechta raqiblari qurshovida bo'lishiga qaramay, futbolchi darvozabonni ham dog'da qoldirib, bo'sh qolgan darvozaga to'pni yo'llab qo'ydi. Bu gol jizzaxliklarni nafaqat hisobda (3:0), balki ruhan ham sindirgan bo'lsa ajab emas.


"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev "Championat.asia" talqiniga ko'ra 18-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

"Buxoro" hali biror marta Toshkentda "Bunyodkor"ni mag'lub eta olmagandi. Ulug'bek Bakaev boshchiligida jamoa bu ishni uddaladi. Golni futbolchilar urdi, maydonda murabbiy o'ynagani yo'q dersiz, ammo jamoasi kuchini to'g'ri baholay olgan Ulug'bek raqibdan qo'rqib, durangga rozi bo'lmadi. Asosiy tarkibda tushirilgan Asilbek Qayumov hisobni ochgan bo'lsa, tanaffusdan keyinoq (hisob 1:1 edi) murabbiy boshqa bir hujumchi SHohruz Norxonovni jangga tashladi va adashmadi. Aynan Norxonov hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda g'alaba to'pini kiritdi. Tarixiy g'alabaning "bosh aybdori" bo'lgan Ulug'bek Bakaev "Championat.asia" talqiniga ko'ra turning eng yaxshi murabbiyi bo'lishga eng munosib nomzod.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика