So’nggi yangiliklar

08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  0 08:26Нодир Элибоев БМБ мураббийлигидан кетди, унинг ўрнига футзалимиз афсоналаридан бири бош мураббий бўлди  1 08:00Назорат учрашуви. “Нефтчи“ “Нефтчи“ билан дуранг ўйнади  1 07:37U-18 терма жамоамиз Беларусга ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди  10 02:17ЖЧ-2026 саралаши. Нидерландия ва Австрияда ғалаба, Албания ва Сербия ўртасидаги баҳсда ҳисоб очилмади  2 01:17Флик 36 ёшли футболчини "Барселона"да кўрмоқчи  5 00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  5 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  2 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  9 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1 20:55Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Қатар терма жамоаси сафида ўзгариш  28 20:25"Локомотив" меҳмонда "Жайхун"ни мағлуб эта олмади  4

Yangi rukn. Tarixdan iqtibos: "Manchester Yunayted"ga bo'sh chek yuborganmiz" Yangiliklar

Yangi rukn. Tarixdan iqtibos: "Manchester Yunayted"ga bo'sh chek yuborganmiz"

Futbol uchrashuvlarisiz futbol olami ancha zerikarli bo'lib qoldi.

"Championat.asia" xodimlari o'quvchilarni uyda zerikib qolmasliklariga oz bo'lsa-da o'z hissasini qo'shish maqsadida bir qancha yangi ruknlarga qo'l urib kelishmoqda. Bugundan yana bir ruknni boshlaymiz. "Tarixdan iqtibos" ruknida futbol olamida aytilgan eng sara iqtiboslardan birini berib boramiz.

Demak, ruknimizdan o'rin olgan ilk fikr Milanning "Inter" klubi sobiq prezidenti Massimo Morattiga tegishli. Janob Moratti bir paytlar MYUdan yarim himoyachi Pol Skoulzni sotib olmoqchi bo'lgan va keyinchalik o'sha jarayonni shunday yodga olgan:

"Pol Skoulzni xarid qilish uchun juda ko'p harakat qilganmiz. Biz "Manchester Yunayted"ga bo'sh chek blankasi yuborganmiz.

Polning o'ziga ham istagimiz haqida aytganmiz, u esa shunday javob qaytargandi: "Agar men sizlar uchun o'ynashimni xohlasangiz, klub ("Manchester Yunayted")ni sotib olishingiz kerak bo'ladi".


Eslatib o'tamiz, "sariq iblis" 20 yillik futbolchilik faoliyati faqat "Manchester Yunayted" tarkibida o'tkazgan. U "qizil iblislar" tarkibida jami 718ta o'yin o'tkazgan va 155ta gol urgan.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика