Tarixdagi eng yaxshi himoyachilar aniqlandi (France Football)
14 dek 2020 21:18
Yangiliklar


Tarixdagi eng yaxshi himoyachilar aniqlandi (France Football)
Franciyaning France Football jurnali futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilarni aniqladi.
"Milan" va Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan Paolo Maldini eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb topildi.
Eng yaxshi markaziy himoyachi nomiga "Bavariya" va GFR terma jamoasi libosida to'p tepgan Franc Bekkenbauer loyiq ko'rildi.
Eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi – "Milan" va Braziliya termasida o'ynagan Kafu.
Nashr 3-4-3 sxemasi asosida barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan tarkib topgan ramziy jamoani yig'moqda. Nominaciya g'oliblari "Oltin to'p" uchun ovoz berishda ishtirok etadigan 140 nafar jurnalistdan iborat hakamlar hayati tomonidan aniqlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar