So’nggi yangiliklar

11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  0 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  12 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0

Tarixda shu kun. O'zbekiston - Bahrayn 0:1. Nesterov yig'lagan oqshom Yangiliklar

Tarixda shu kun. O'zbekiston - Bahrayn 0:1. Nesterov yig'lagan oqshom

Sir emaski, Bahrayn terma jamoasi biz uchun tarixdagi eng noqulay raqiblardan biri sanaladi.

Bu yurt vakillari bilan doim turli musobaqalarda to'qnash kelganmiz va aksariyat uchrashvuvlardan ularning qo'li baland kelganini aytishimiz joiz. Bundan 15 yil oldin xuddi shu kunda JCH-2010 saralash bosqchichidan o'rin olgan, “Paxtakor” stadionida o'tkazilgan O'zbekiston – Bahrayn uchrashuvi bo'lib o'tgan edi.

Keling dastlab Bahrayn bilan kechgan avvalgi uchrashuvlarni natijalariga nazar solsak. 2004 yilgi Osiyo kubogining chorak finalida Bahraynga penaltilar seriyasida engilgan edik, Alo Xubaylning darvozamizga urgan ikki goli yodingizda bo'lsa keraga. Keyingisi alamli to'qnashuvda JCH-2006 pley-offida hakam va FIFAning noxolis qarorlari sabab ularga yana keyingi bosqich eshiklarini ochib berdik. 2010 yilgi mundial saralashida esa termamizning yo'llari uchinchi bor Bahrayn bilan kesishayotgandi. Qaysidir manoda ular bilan o'zgacha hisob-kitobimiz bor edi desak noto'g'ri bo'lmaydi.



Toshkentda Avstraliyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng istefoga chiqarilgan Rauf Inileevning o'rniga uning yordamchisi va murabbiylikda tajribasini oshirib borayotgan Mirjalol Qosimov tayinlanadi. Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak milliy jamoamiz Inileev qo'l ostidagi so'nggi beshta uchrashuvda umuman gol ura olmaganini ko'rishimiz mumkin. O'shanda yangi murabbiy olib kelinsa bo'lar edi-ku dersiz. Futbolimiz rahbarlari saralashning o'rtasida chetdan boshqa bir murabbiyni olib kelishni joiz deb bilishmaydi, boz ustiga u kelgan taqdirda ham futbolchilarni yaxshi bilmasdi, o'z uslubini singdirishiga esa vaqt ketardi. Bizni oldimizda esa kutishga ortiqcha fursat yo'q edi. SHundoq ham startdagi ikki mag'lubiyatdan so'ng guruhda qiyin vaziyatga tushib qolgandik.

Yaponiya safaridan durang bilan qaytgan Qosimov boshchiligidagi termamiz o'zining birinchi ochkosini ishlagandi. SHu boisdan galdagi bahsga futbolchilarimiz puxta tayyorgarlik ko'rishdi, BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishdi. U erda dastlab Osiyo kubogi-2011 saralashidan o'rin olgan BAA bilan o'yinda ishtirok etib ortga kichik (1:0) hisobida g'alaba bilan qaytishgan bo'lsa, Ozarbayjon bilan o'rtoqlik o'yinida murosa ko'chasini tanlashdi. Bu esa ularga Bahrayn bilan bellashuvga tayyorgarlik vazifasini o'tadi, deyishimiz mumkin. Qosimov murabbiyga aylangach bir qator futbolchilar malum sabablarga ko'ra tarkibdan tushib qoldi, Aziz Haydarov, Ilhom Suyunov va boshqalar. Uzoq vaqtdan so'ng esa Eldor Magdeev yana taklif qilindi. Garchi, bu paytga kelib Bahraynda Talal Yusuf yoki Alo Hubayl kabi futbolchilar bo'lmasada qitada o'z darajasini saqlab qolgandi.



11 fevral kuni ushbu o'yinni tomosha qilish uchun ko'plab muxlislar tashrif buyurishdi, 30000dan oshiq odam stadionda futbolchilarni tinmay olqishlab turishdi. Bahraynliklar bilan o'yinda termamizni g'alabadan boshqasi jarga etaklardi. SHu boisdan odatdagidek maydonda dastlabki daqiqalardan to'p nazoratini qo'lga olishdi va bir qancha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Aftidan natija durangga qarab ketayotgandek ko'ringandi. Biroq, malayziyalik hakam Subhiddin Solihning asosiy vaqtga qo'shib bergan daqiqasida raqib futbolchilari jarima zarbasi ishlashni uddasidan chiqishdi. To'p yoniga yaqinlashgan Mahmud Abdulrahmon kuchli zarba bilan Nesterov turgan darvozani ishg'ol qiladi - 0:1. Yana odatdagidek terma jamoamiz so'nggi soniyalar qurboni bo'ldi. Bu holat bugunga qadar jamoamiz ishtirokidagi ayrim bahslarda kuzatilayotgani achinarlidir. Manamadagi javob o'yinida ham aynan Mahmud Abdulrahmonning yagona goli raqibning g'alabasini taminladi.

Keyingi turda o'z maydonimizda Qatarni taslim qilgan bo'lsakda, qolgan uchta uchrashuvda raqib darvozasiga yo'l topa olmay juda xunuk tarzda ishtirokimizni yakunlagandik. Janubiy Afrika esa bizga uzoqlik qilgandi.




JCH-2010 saralash bosqichi.

O'zbekiston – Bahrayn – 0:1

11.02.2009. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 30000 tomoshabin.

Bosh hakam:
Subhiddin Solih (Malayziya).

Gol: Mahmud Abdulrahmon 90+4.

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Sahob Jo'raev, Islom To'xtaxo'jaev, Anvar G'ofurov, Server Jeparov, Jasur Hasanov (Vitaliy Denisov, 59) Odil Ahmedov, Eldor Magdeev, Temur Kapadze (Maksim SHackix, 55), Farhod Tojiev (Anvar Soliev, 69).

Zaxira: Temur Jo'raev, Xayrulla Karimov, Aziz Ibragimov, Fozil Musaev

Bahrayn: Said Jaffar, Abdulla Omar, Xusayn Ali Baba, Said Adnan, Salman Isa, Abdulla Fatadi (Abdulla Abdi Omar, 70), Mahmud Abdulrahmon, Muhammad Hubayl, Muhammad Salmin, Ismoil Abdulatif (Abdulla Al Dakil,77) Jeysi Okvunvanne (Davud Saad, 89)

Zaxira: Abbos Ahmad Hamis, Rashid Al Allan, Jamal Rashid, Mahmud Ayyad

O'YIN VIDEOSI



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика