So’nggi yangiliklar

11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0 11:28Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди  1 10:48Превью. 8 йиллик танаффусдан сўнг "Бунёдкор" "Бухоро"ни ўз уйида мағлуб эта оладими?  3 10:20Превью. Ўтган тур мағлуб бўлган "Андижон" ва "Машъал" ўзаро баҳс олиб боради  0 09:53Флик йирик ғалабадан сўнг футболчиларини танқдид қилди  4 09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  10 08:40Ўртоқлик ўйинлари. "Интер" ва "Ювентус" ғалаба қозонди, "Рома" эса Саудия клуби билан дуранг ўйнади  1 08:27Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  2 07:25МЛС. "Интер Майами" "Лос-Анжелес Гэлакси"ни мағлуб этди, Месси захирадан тушиб, гол ва ассист қайд этди  6 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  3 01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2

Tarixda shu kun. Franciya - O'zbekiston - 4:0. Pogba, Umtiti, Zumaga qarshi maydonga chiqqan Sergeev, Maxstaliev, Sobirxo'jaev Yangiliklar

Tarixda shu kun. Franciya - O'zbekiston - 4:0. Pogba, Umtiti, Zumaga qarshi maydonga chiqqan Sergeev, Maxstaliev, Sobirxo'jaev

2013 yil Turkiya mezbonlik qilgan, yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati chorak finalidan o'rin olgan 7 yil avvalgi uchrashuvni yodga olamiz.

O'shanda Pol Pogba, Samuel Umtiti, Kurt Zuma kabi futbolchilardan iborat Franciya terma jamoasiga qarshi o'zimizning mahalliy futbolchilar Igor Sergeev, Abbosbek Maxstaliev, Toxirjon SHamsiddinovlar to'p tepgan edi. CHorak finalgacha Yangi Zellandiya, Xorvatiya, Urugvay, Greciya kabi jamoalarning to'sig'idan o'tib kelgandi. Yoshlarimiz yarim final ostonasida mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, mazkur yosh toifasida ilk bor jahonning kuchli sakkizligidan joy olishgandi. 

U 20 Jahon chempionati. Turkiya.

U 20 Franciya 4-0 O'zbekiston

Gollar: Yaya Sanogo, Pol Pogba, Floryan Toven, Kurt Zuma.

U 20 O'zbekiston: A. Omonov, M. Fomin, T. SHamsiddinov, A. Abdullaev, A. Maxstaliev, V. Kozak, S. Sobirxo'jaev (K. Kapadze 65ʼ), M. Ubaydullaev, D. Turopov (J. Masharipov 59ʼ), I. Sergeev, A. Yusupov (Z. O'rinboev 59ʼ).

U 20 Franciya: A. Areola, L.Din (P. Polomat 78ʼ), S. Umtiti, K. Zuma, G. Kondogbia (A. Ngando 62ʼ), P. Pogba, F. Toven, J. Veretu, YA. Sanogo, J. Baebek (A. Bozetti 70ʼ).


O'zbekiston yoshlar terma jamoasi: 11. Abdulaziz Yusupov, 17.Igor Sergeev, 5. Maksimilyan Fomin, 16. Azamat Abdullaev, 1. Asilbek Amonov, 7. Vladimir Kozak (sardor)

20.Muhsin Ubaydullaev, 8.Diyor Turopov, 18.Sardor Sobirxo'jaev, 2.Tohirjon SHamsiddinov, 6.Abbosbek Maxstaliev.


Franciyaning ushbu yoshdagi jamoasida to'p tepgan Pol Pogba bir yil o'tib Braziliyadagi Jahon chempionatida eng yaxshi yosh futbolchi deya etirof etilgan. Lyuk Din va Samuel Yumtiti bir necha yildan so'ng "Barselona" safida sovrinlarga ega chiqdi. Darvozabon Areolya esa bugungi kunda Zidan boshqaruvidagi "Real Madrid" jamoasining azosi hisoblanadi. 


O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabi. Meksikadagi Jahon chempionatida o'smirlarimizga ustozlik qilgan Ahmadjon Musaev va Aleksey Evstafeev. Uning yonida ayni payt o'smirlar terma jamoamizni boshqarayotgan Olim SHokirov. 



Turnir davomida og'ir jarohat olgan Jamshid Iskanderov va Bobur Yo'ldoshev chorak final uchrashuvini tribunadan kuzatishga majbur bo'lishgandi. Meksikadagi Jahon chempionati ishtirokchisi Sardor Rahmonovni tanidingizmi?




SHu kuni Pogba etakchiligidagi Franciya birinchi bo'limni o'zidayoq o'yin masalasini hal qilgandi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика