Tarixda shu kun. Fransiya - O'zbekiston - 4:0. Pogba, Umtiti, Zumaga qarshi maydonga chiqqan Sergeev, Maxstaliev, Sobirxo'jaev

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2020, 17:05
2013 yil Turkiya mezbonlik qilgan, yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati chorak finalidan o'rin olgan 7 yil avvalgi uchrashuvni yodga olamiz.

O'shanda Pol Pogba, Samuel Umtiti, Kurt Zuma kabi futbolchilardan iborat Fransiya terma jamoasiga qarshi o'zimizning mahalliy futbolchilar Igor Sergeev, Abbosbek Maxstaliev, Toxirjon Shamsiddinovlar to'p tepgan edi. Chorak finalgacha Yangi Zellandiya, Xorvatiya, Urugvay, Gretsiya kabi jamoalarning to'sig'idan o'tib kelgandi. Yoshlarimiz yarim final ostonasida mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, mazkur yosh toifasida ilk bor jahonning kuchli sakkizligidan joy olishgandi. 

U 20 Jahon chempionati. Turkiya.

U 20 Fransiya 4-0 O'zbekiston

Gollar: Yaya Sanogo, Pol Pogba, Floryan Toven, Kurt Zuma.

U 20 O'zbekiston: A. Omonov, M. Fomin, T. Shamsiddinov, A. Abdullaev, A. Maxstaliev, V. Kozak, S. Sobirxo'jaev (K. Kapadze 65ʼ), M. Ubaydullaev, D. Turopov (J. Masharipov 59ʼ), I. Sergeev, A. Yusupov (Z. O'rinboev 59ʼ).

U 20 Fransiya: A. Areola, L.Din (P. Polomat 78ʼ), S. Umtiti, K. Zuma, G. Kondogbia (A. Ngando 62ʼ), P. Pogba, F. Toven, J. Veretu, YA. Sanogo, J. Baebek (A. Bozetti 70ʼ).


O'zbekiston yoshlar terma jamoasi: 11. Abdulaziz Yusupov, 17.Igor Sergeev, 5. Maksimilyan Fomin, 16. Azamat Abdullaev, 1. Asilbek Amonov, 7. Vladimir Kozak (sardor)

20.Muhsin Ubaydullaev, 8.Diyor Turopov, 18.Sardor Sobirxo'jaev, 2.Tohirjon Shamsiddinov, 6.Abbosbek Maxstaliev.


Fransiyaning ushbu yoshdagi jamoasida to'p tepgan Pol Pogba bir yil o'tib Braziliyadagi Jahon chempionatida eng yaxshi yosh futbolchi deya etirof etilgan. Lyuk Din va Samuel Yumtiti bir necha yildan so'ng "Barselona" safida sovrinlarga ega chiqdi. Darvozabon Areolya esa bugungi kunda Zidan boshqaruvidagi "Real Madrid" jamoasining a'zosi hisoblanadi. 


O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabi. Meksikadagi Jahon chempionatida o'smirlarimizga ustozlik qilgan Ahmadjon Musaev va Aleksey Evstafeev. Uning yonida ayni payt o'smirlar terma jamoamizni boshqarayotgan Olim Shokirov. 



Turnir davomida og'ir jarohat olgan Jamshid Iskanderov va Bobur Yo'ldoshev chorak final uchrashuvini tribunadan kuzatishga majbur bo'lishgandi. Meksikadagi Jahon chempionati ishtirokchisi Sardor Rahmonovni tanidingizmi?




Shu kuni Pogba yetakchiligidagi Fransiya birinchi bo'limni o'zidayoq o'yin masalasini hal qilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia