So’nggi yangiliklar

16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  0 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  3 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1

Taniqli yoshlar murabbiyi Dilshod Nuralievni tabriklaymiz Yangiliklar

Taniqli yoshlar murabbiyi Dilshod Nuralievni tabriklaymiz

Bugun o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan taniqli bolalar futboli mutaxassisi, tajribali murabbiy Dilshod Nuraliev roppa-rosa 51 yoshga to'ldi.

Bu inson haqida uzoq gapirish mumkin. Akmal SHorahmedov, Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Farhod Tojiev, Marat Bikmaev kabi futbolchilarni o'z vaqtida kashf etib, tarbiyalab o'zbek futboliga etkazib berganining o'ziyoq Dilshod Nuralievning qanday toifadagi murabbiy ekanligidan dalolat berib turibdi.

SHuningdek, Dilshod Jo'raalievich O'zbekiston U-16 terma jamoasi bilan birga Osiyo chempioni bo'lgan. Bunga qadar hech bir terma jamoamizga Osiyo chempioni bo'lish baxti nasib etmagandi. Eronning Taxti shahri mezbonlik qilgan qita chempionati Nuraliev jamoasining triumfi bilan yakunlangan edi.  Bugungi kunda milliy terma jamoamizning azolari Rustam Ashurmatov, Doston Hamdamov, Otabek SHukurov, Odil Hamrobekov, Javohir Sidiqqov, Akrom Komilov singari futbolchilar Dilshod Nuralievning shogirdlari sanaladi. 

Bugungi kunda "Lokomotiv" o'rinbosarlar jamoasida shuningdek klub futbol maktabini rivojlantirishda o'z hissasini qo'shayotgan mutaxassis haqida ko'p va xo'p gapirish, u kishiga tesha tegmagan tariflarni berish mumkin. Fursatdan foydalanib,  barcha o'zbekistonlik futbol muxlislari, saytimiz o'quvchilari hamda ijodkorlari, shogirdlari nomidan Dilshod Nuralievga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, omad tilab qolamiz. Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin, Dilshod Jo'raalievich!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика