So’nggi yangiliklar

15:58Суперлига. 10-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 15:45Руни орзусидаги жамоа ҳақида айтди  0 15:07Хуммельс Германия термасининг "Евро" учун қайдномасига киритилмаганига муносабат билдирди  4 14:49Суперкубокдан олдин. "Динамо", "Олимпик" ва "Локомотив" матбуот котиблари қандай фикрда?  3 14:10Родриго "Реал"ни тарк этмоқчи эмас  4 13:48Ўзбек футболида ғайритабиий воқеа содир бўлди  5 13:39"Интер" ёзда уч нафар футболчисини сотишга тайёр  0 13:18Суперкубок олдидан. Тўлабек Акрамов: "Бугун нейтрал мухлислар ютади, чунки..."  6 12:50Расман: Жорже Жезуш "Ал Ҳилол" билан шартномасини 2026 йилгача узайтирди  0 12:36Суперкубок олдидан. "Навбаҳор", "Нефтчи", "Сурхон" матбуот котиблари қандай фикрда?  7 12:17Бугун Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланади  1 12:00Ўзбекистон Республикаси Президенти футзал бўйича Жаҳон чемпионатига муносиб тайёргарлик кўриш бўйича махсус қарор қабул қилди  3 11:44Суперкубок олдидан. "Андижон", "Металлург", "Қизилқум" матбуот котиблари ва Абдулҳафиз Абдулазиз ўғли қандай фикрда?  6 11:33"Краснодар" дарвозабони тиббий кўрикдан ўтиш учун Парижга етиб борди  8 11:10Суперкубок олдидан. Аброр Имомхўжаев: "Учрашувда ким ғалаба қозониши "Насаф"га боғлиқ"  5

Tanga tashlash orqali finalchi aniqlangan hamda hal qiluvchi o'yini qayta o'tkazilgan Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Tanga tashlash orqali finalchi aniqlangan hamda hal qiluvchi o'yini qayta o'tkazilgan Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Evropa chempionati tarixi haqidagi qiziqarli malumotlar bilan tanishing.

1968 yildan boshlab Evropa Millatlar ligasi Evropa chempionati nomi bilan atala boshlandi. 31 ta mamlakat turnirda qatnashish istagini bildirishdi (Islandiya va Malta musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi). Avvalgi turnirlardan farqli o'laroq, saralash ikki bosqichda o'tkazildi: dastlab to'rttadan jamoa sakkiz guruhda bellashdi. Guruh g'oliblari esa final bosqichi uchun kurash olib bordi. Hal qiluvchi bosqichga Italiya, Yugoslaviya, Angliya va SSSR yo'l oldi. Final bosqichi 5–10 iyun kunlari Italiya yashil maydonlarida o'tkazildi. 

Musobaqa davomida o'yin vaqti jarohat olgan taqdirda, darvozabonni almashtirishga ruxsat berildi. Biroq bu qoida maydon o'yinchilariga taalluqli emas edi.

1966 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi guruh bosqichida SHimoliy Koreyaga uchralgan mag'lubiyatdan keyin Italiya futbolida inqilob yuzaga keldi, rahbarlardan tortib, tarkibgacha butkul o'zgartirildi. Federaciya tepasiga Artemio Franchi keldi, aynan uning davrida mamlakat terma jamoasining dovrug'i chiqa boshlaydi.

Yarim final doirasidagi Italiya — SSSR uchrashuvida hisob ochilmadi. G'olib esa hakamlar xonasida ikki jamoa sardorlari ishtirokida tanga tashlash orqali aniqlandi. Bu uslubdan turnir davomida birinchi va oxirgi marta foydalanildi.

Mixail Yakushin "Futbolning abadiy siri" nomli avtobiografik kitobidagi xotiralarida holatni tasavvur qilishimiz mumkin.

"O'shanda reglamentga ko'ra g'olib qura tashlash yo'li bilan aniqlanardi. Hakamlar xonasiga har ikki jamoa sardorlari – SHesternyov va Fakketti, uch nafar uchrashuv hakamlari hamda Evropa futbol associaciyalari ittifoqi (UEFA) vakili ispaniyalik Ruyola taklif qilindi. Qoida tariqasidami yoki zidmi, men ham shu xonaga kirdim. Qura tashlash marosimining chet ellik ishtirokchilari menga hayron bo'lib qarashdi, lekin kimligimni bilmay, rasmiy jarayonni boshlashdi. 

Dastlab qaysi tanga bilan qura tashlash kerakligi aniqlandi — italyan yoki francuz tangasidan birini tanlashimiz kerak edi. Biz francuz tangasini tanladik. Keyin voqealar rivoji xuddi tragikomediyadagidek o'ta boshladi. Ruyola SHesternyovdan tanganing qaysi tomonini tanlashini so'raydi. 

SHu vaqt ichida men tangaga sinchkovlik bilan razm solishga muvaffaq bo'ldim va uning "figura" deb ataladigan tomoni biroz qavariq ekanligini payqadim.

Bolaligimda "Quyimi yoki sirti?" o'yinini yaxshi ko'rganim sababli, tanganing qavariq qismi bilan tushish ehtimoli ancha yuqori ekanligini anglab etdim. 

SHesternyovga pichirladim: "Figura tarafni tanla!" U hech narsani eshitmay turadi. Men unga yana aytdim: "Figura!" Bu sahna menga "Musiqa tarixi" filmining epizodini eslatadi, o'shanda uning bosh qahramoni Sergey Lemeshev birinchi marta sahnaga chiqadi va tomoshabinlardan qo'rqib, opera ariyasining so'zlarini unutib qo'yadi. Uning partnyorlari, zaldagi tomoshabinlar, sahna ortidagilar unga so'zlarini esaltishadi, lekin u tushkun holatda hech narsani eshitmasdi. 

SHunga o'xshash holat SHesternyov bilan sodir bo'ldi. Men unga yana aytdim: "Figura!" U esa bunga umuman munosabat bildirmasdi. 

Ruyola kutishdan charchadi va Fakettiga murojaat qildi — sen tanla. Italiyalik futbolchi fikrimni uqib oldi va darhol shunday dedi: "Figura!" 

Ruyola tanga tashladi, buyum erga tushgach, Fachetti g'olibona ohangda hayqirdi: "Figura!" SHu tariqa, italiyaliklar Evropa chempionati finaliga yo'l olishdi. 

O'sha paytda yurak pulsim qanday urganini tasavvur qila olmayman. Bir chetga chiqib o'tirdim va uzoq vaqt o'zimga kelolmadim. SHesternyov "Figura" tanlaganida, kamida kumush medallar cho'ntagimizda edi, hatto oltin medallar uchun kurashishimiz mumkin edi".

5 iyun, 1968 yil. "San-Paolo", Neapol.

ITALIYA – SSSR 0:0

Hakam: Kurt CHensher (GFR).

Italiya: Dino Zoff, Jankarlo Berchellino, Tarchizio Burgnich, Ernesto Kastano, Anjelo Domengini, Jachinto Fakketti, Jorjio Ferrini, Antonio Xuliano, Sandro Maccola, Perino Prati, Janni Rivera.

SSSR: Yuriy Pshenichnikov, Valentin Afonin, Anatoliy Banishevskiy, Anatoliy Bishevec, Gennadiy Evryujixin, Yuriy Istomin, Vladimir Kaplichniy, Eduard Malofeev, Albert SHesternev, Aleksandr Lenev, Gennadiy Logofet.


Yugoslaviya esa Dragan Jaich urgan gol evaziga Angliyani mag'lubiyatga uchratdi. Inglizlar safida maydondan chetlatilgan Alan Myuller Angliya terma jamoasi safida qizil kartochka olgan dastlabki futbolchiga aylandi.

5 iyun, 1968 yil. "Artemio Franki" Florenciya.

YUGOSLAVIYA – ANGLIYA – 1:0

Gol: Jaich 86′

Hakam: Xose Mariya Ortis (Ispaniya).

Yugoslaviya: Ilya Pantelich, Mirsad Fazlagich, Milan Damyanovich, Blagoe Paunovich, Dragan Xolcer, Ilya Petkovich, Ivan Osim, Vaxidin Musemich, Dragan Jayich, Miroslav Pavlovich, Dobrivoe Trivich.

Angliya: Gordon Benks, Kit Nyuton, Ramon Uilson, Alan Malleri, Brayan CHetverg, Bobbi Mur, Alan Boll, Rojer Xant, Bobbi CHarlton, Martin Piters, Norman Xanter.

3-o'rin uchun bahsda Angliya SSSR darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritdi.

8 iyun, 1968 yil. "Olimpiya" – Rim.

ANGLIYA – SSSR 2:0

Gollar: B.CHarlton 39′, Xerst 63′

Hakam: Ishtvan Jolt (Vengriya).

Angliya: Gordon Benks, Ramon Uilson, Brayan CHetverg, Bobbi Mur, Rodjer Xant, Bobbi CHarlton, Djeff Xerst, Martin Piters, Tomas Rayt, Norbert Staylz, Norman Xanter.

SSSR: Yuriy Pshenichnikov, Valentin Afonin, Anatoliy Banishevskiy, Anatoliy Bishevec, Gennadiy Evryujixin, Yuriy Istomin, Vladimir Kaplichniy, Eduard Malofeev, Albert SHesternev, Aleksandr Lenev, Gennadiy Logofet.

Italiya va CHernogoriya o'rtasidagi dastlabki to'qnashuvda kuchlar teng keldi. Takror o'tkazilgan o'yinda esa Italiya 2:0 hisobida zafar quchib, qita chempioniga aylandi. Mazkur qarama-qarshilik ham finali takror o'tkazilgan yagona uchrashuv hisoblanadi.

10 avgust, 1968 yil. "Olimpiya", Rim.

ITALIYA – YUGOSLAVIYA 2:0

Gollar: Riva 11′, Anastazi 32′

Hakam: Xose Mariya Ortis (Ispaniya).

Italiya: Dino Zoff, Tarchizio Burgnich, Jachinto Fakketti, Alessandro Salvador, Aristid Gvarneri, Roberto Rozato, Andjelo Domengini, Sandro Maccola, Petro Anastazi, Jankarlo de Sisti, Luiji Riva

Yugoslaviya: Iliya Pantelich, Mirsad Fazlagich, Milan Damyanovich, Miroslav Pavlovich, Blagoe Paunovich, Dragan Xolcer, Idris Xoshich, Dobrivoe Trivich, Vaxidin Musemich, Yovan Achimovich, Dragan Jayich


Ramziy terma jamoa: D.Zoff (Italiya), M.Fazlagich (Yugoslaviya), A.SHesternyov (SSSR), R.Mur (Angliya), D.Fakketti (Italiya), A.Domengini (Italiya), I.Osim (Yugoslaviya), A.Maccola (Italiya), D.Jaich (Yugoslaviya), D.Xyorst (Angliya), L.Riva (Italiya).

Rossiyaga borishdan bosh tortgan Ispaniya, etakchilarsiz qatnashgan Franciya hamda bashoratchi shifokori bilan g'olib bo'lgan SSSR — ilk Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Di Stefano, Pushkash kabi futbolchilarni chaqirmagan chempion hamda kumush medallar uchun ishdan haydalgan murabbiy — ikkinchi Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
15 may 21:57:55
Азим Исмаилов
Ю.Пшеничников Пахтакор дарвозабони булган
Собик ссср учун ярим финал энг аламли булган
   
17 may 12:40:31
Burhonbek Abdumo'minov
Amaldagi chempion Italiya yana chempion boʻlish nasib etsin
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика