Talyafiko - "Inter"ning qiziqishlari haqida: "Bir kun kelib A Seriyada o'ynayman"
16 apr 2021 00:57
Yangiliklar


Talyafiko - "Inter"ning qiziqishlari haqida: "Bir kun kelib A Seriyada o'ynayman"
"Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafiko "Inter" tomonidan bo'layotgan qiziqishlar haqida gapirdi.
"Isming shunday buyuk klub bilan bog'lanayotgani - ajoyib holat. "Inter" - juda katta tarixga ega top-klub. Ushbu klubda faoliyatini olib borgan Xaver Zanetti esa bolaligim kumiri. Ammo men realistman va hozirgi kunim haqida o'ylayman. "Ayaks"da baxtliman, kelajakda nima bo'lishini esa ko'ramiz. Ha, familiyam italyancha. Jenoa va Kalabriyada qarindoshlarim bor. Bir kun kelib A Seriyada o'ynashimga ishonaman", - dedi himoyachi.
Ushbu mavsumda 28 yoshli futbolchi 25 o'yinda 1 gol va 3 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar