Tayyorlov guruhlari-1997-98. 2-kun natijalari (fotogalereya)
15 noy 2013 12:27
Yangiliklar


Tayyorlov guruhlari-1997-98. 2-kun natijalari (fotogalereya)
Bugun guruhlarda 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Kunning markaziy uchrashuvi shubhasiz “Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalari yosh futbolchilari o'rtasida o'tkazildi. SHu bois mazkur uchrashuvni kuzatish maqsadida “Nasaf” futbol maktabiga qarashli suniy qoplamali futbol maydoni minbarida ko'plab ishqibozlar, mutaxassilar va murabbiylar tashrif buyurishdi.
Takidlash joizki, ushbu jamoalarning oliy ligadagi o'yinlari boshqa o'yinlarga nisbatan shiddatli kechishi barchaga malum. Oliy ligadagi “aka”larning “uka”lari o'rtasidagi bellashuv ham har tomonlama shiddatli va keskin kurashlar ostida kechdi va yig'ilganlar naqd 5 ta golga guvoh bo'lishdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limi “nasaf”chilar uchun o'ta omadsiz yakunlandi. Garchi Umar Rahmatullaev murabbiyligidagi “Nasaf” futbol maktabi jamoasi tashabbusni o'z qo'llarida saqlab turgan bo'lishsada, yosh “qaldirg'ochlar” himoyada munosib himoyalanish bilan birga o'zlari uyushtirgan kam sonli hujumlarni samarali yakunlashga erishishdi. Dastlab toshkentliklar safida Aziz Omonov va Sanjar Qodirqulov mufaqqayatga erishishdi. Takidlash joizki, ushbu futbolchilar tomonidan kiritilgan gollar juda chiroyli ko'rinish oldi-0:2. Birinchi bo'lim shu hisobda yakunlandi.
Mezbonlar esa ikki to'p farqi bilan ortda borishlariga qaramay tushkunlikka tushishmadi. Aksincha, raqib darvozasi oldida bosimni yanada kuchaytirishdi. Ammo shu kuni “Bunyodkor” posboni Bosit Rixsiboev fantastik o'yin namoyish etdi. U o'yin davomida darvozasi tomoni uzoq va yaqin masofalardan yo'llangan o'nlab zarbalarni bartaraf etdi. Qolaversa, bo'lim o'rtalarida o'z darvozasiga belgilangan penaltini ham golga aylanishiga yo'l qo'ymadi. O'yinning so'nggi 20 daqiqasi mezbonlar uchun nihoyatda omadli kechdi. Ayniqsa, “Nasaf” hujumchisi SHarofiddin Muhiddinov uchun. Dastlab o'ng burchakdan uzatilgan to'pni Muhiddinov boshi bilan darvozaga yo'llagan bo'lsa, oradan bir daqiqa o'tar o'tmas uning chamasi 25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasini Rixsiboev qaytarishga ojizlik qildi. O'yinning so'nggi daqiqalari o'tib borayotgan bir paytda Bobur Abduholiqov g'alaba to'pini “Bunyodkor” darvozasiga yo'llab, jamoasini keyingi bosqichga chiqishini taminlovchi golga mualliflik qildi-3:2.
2-turning qolgan natijalari bilan tanishing:
“Zarafshon” – “Paxtakor” 1:4
“Neftchi” – “Buxoro” 5:3.
2-tur bellashuvlaridan so'ng “Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari muddatidan oldin yarim final masalasini hal qilishdi.
3-turda quyidga bellashuvlar o'tkaziladi:
“Buxoro” – “Zarafshon”
“Paxtakor” – “Neftchi”
“Nasaf” – “Metallurg”

Fikrlar