So’nggi yangiliklar

17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  0 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  7 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  6 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:44ПРО-Лига. Турнинг марказий учрашуви асосий таркиблари маълум  2 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  5 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  1 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  4 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  8 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0

Tahlil. Tarkib barqarorligi – autsayderlar muammosi Yangiliklar

Tahlil. Tarkib barqarorligi – autsayderlar muammosi

Teglar :  Oliy liga
Oliy ligada oxirgi paytlarda jamoalarda ananalar, ularga sodiq futbolchilarning yo'qligi haqida ko'p yozyapmiz.

Klubda bir necha yil faoliyat olib boradigan o'yinchi bo'lmasa, anana va jamoaviy xarakter ham bo'lmaydi, albatta. Hozirda kattagina mablag' sarflab, oliy ligada amallab jon saqlab qolgan jamoalar tarkibiga nazar tashlar ekanmiz, ularda yuzaga kelgan haddan ko'z o'zgarishlar rivojlanishga yo'l qo'ymayotganini ko'ramiz. Tarkib barqaror ko'rinishga keltirilmas ekan, natijalarning o'sib borishi to'g'risida o'ylash qiyin.

Oliy liganing 2015 yilgi mavsumini tahlil qilib, o'quvchilarimizga bu borada batafsil malumot berishga qaror qildik. Tahlilimizning birinchi qismida turnir jadvalida 9-16-o'rinlarni egallagan jamoalardagi vaziyatni o'rganib chiqamiz. Bunda joriy mavsumda ular tarkibida necha nafar futbolchi maydonga tushirilgani va davralar oralig'ida o'zgarishlar miqdori qanday bo'lganini ko'ramiz. SHu ko'rsatkichlar orqali ham ishqibozlar jamoalar haqida aniq tasavvurga kelib olishiga etarli bo'ladi.


“DINAMO”: 33 o'yinchi, tanaffusda 15 o'zgarish (ketganlar – 5, kelganlar - 10)
Samarqandliklar ushbu yil oliy liga o'yinlarida jami 33 nafar futbolchi xizmatidan foydalanishgan. Bu mavsum mobaynida jamoada o'zgarishlar ro'y bergani va aniq asosiy tarkib mavjud bo'lmaganini ko'rsatadi. “Dinamo” shuncha o'yinchi maydonga tushirgani bilan ham birinchi ligaga tushib ketishdan qutulib qola olmadi. Davralar oralig'ida katta o'zgarishlar yuzaga kelgani jamoada selekciya jarayoni yil bo'yi noto'g'ri olib borilganini isbotlaydi. Etibor qiling, yozda jamoaga 10 futbolchi kelib, 5 nafari ketgan. Yangi kelganlardan Yunusov, SHarofiddinov, Bozorov, Boboqulov, Murzoev, Filiposyan, SHotursunov va Asqarov asosiy tarkib azolariga aylanishdi. Ular o'yin uslubini shakllantirguncha jamoa birinchi ligaga tushib ketishga ulgurdi. Ibragimov, Smolyachenko, Murodov, Fomin va CHipev esa birinchi davrada samarqandliklar o'yinini belgilab berishgandi. So'nggi yillarda tobora ahvoli yomonlashib borgan “Dinamo” rahbariyatiga shuncha ogohlantirish ham kamlik qildi. Oqibatda shunda mashhur va tarixiy shaharning bosh jamoasi 1-ligaga ravona bo'ldi. Buni sharmandalikdan o'zgacha baholab bo'lmaydi. Balki, endi klub rahbariyatining boshi devorga qattiqroq tekkandir.
Davralar oralig'ida kelganlar: Ilhom Yunusov, Hamdam Rahmonov, Dilshod SHarofiddinov, Feruz Boboqulov, Akmal Bozorov, Kamoliddin Murzoev, Artyom Filiposyan, Sardor Omonov, Farruh SHotursunov, Sergey Rekun, Hasan Asqarov, Xolmo'min Davronov,  Alisher Mamatqulov, Mirzoubaydullo Ro'ziev.
Ketganlar: Konstantin Mandrichenko, Aleksandr Boliyan, Aziz Ibragimov, Pavel Smolyachenko, Murodjon To'ychiboev, Marufxon Murodov, Maksimilian Fomin, Nikolay CHipev.

“SO'G'DIYONA”: 29 o'yinchi, tanaffusda 16 o'zgarish (ketganlar – 6, kelganlar - 10)
Jizzaxliklarda ahvol boshqacharoq: jamoaning moliyaviy imkoniyati unchalik yaxshi emas. SHu sababli etibor asosan yosh va oliy liga klublari etiboridan chetda qolgan futbolchilarga qaratiladi. Ular o'yinini topib olib, yana boshqa klublarga o'tib ketishadi. Keyin ish yana qaytadan boshlanadi. O'shanday o'yinchilar tarkibga jalb etiladi va so'ng yana boshqa jamoalarga ravona bo'ladilar. “So'g'diyona” oxirgi 3-4 yilda bir qator futbolchilarni yana katta futbolga qaytardi deb aytsa bo'ladi. Ushbu yil jamoaning o'rtacha yoshi eng kichik bo'lganini takidlash lozim. Agar moliyaviy tarafdan hech bo'lmaganda o'rtacharoq sharoitlar yaratilsa, natijalar yaxshilanishini kutish mumkin. Bu yil Muzaffar Muzaffarov va Jasur Hakimov ancha o'sishga erishganini ko'rsatishdi. Mavsumda jamoa safida 29 nafar o'yinchi harakat qilgan. Davralar oralig'ida 6 futbolchi ketib, o'rniga 10 nafari kelib qo'shilgan. Ikkinchi davrada kelganlardan Kleckov, Isoqjonov va Muxtorov jamoaning oliy ligada qolishiga hissalarini qo'shishdi. Tan olish kerak, mavsum oldidan ko'pchilik “So'g'diyona”ning tushib ketishini bashorat qilgandi. Lekin jamoa amallab iroda ko'rsatdi va Jizzaxda oliy liga havosi saqlanib qoldi.

Davralar oralig'ida kelganlar: Farhod Yo'ldoshev, Aleksandr Kleckov, Qahramon Bahodirov, Doniyor Usmonov, Izzatbek G'aniev, Islomjon Isoqjonov, Xurshid Muxtorov, Izzat Abdullaev, Azamat Sultonov, SHahzod Tog'aev.
Ketganlar: Mixail Naumov, Ilhom Komilov, Vusal Mageramov, Suhrob Qobilov, Elyor Jahonov, Anvar Rajabov.


“BUXORO”: 39 o'yinchi, tanaffusda 27 o'zgarish (ketganlar – 14, kelganlar - 13)
SHunchaki dahshat! SHunday emasmi?! Bir mavsumda 39 nafar futbolchi xizmatidan foydalangan jamoaga boshqacha tarif berishni bilmadim. Aytaylik, shuncha o'yinchi bilan APL, ECHL yoki OCHLda qatnasha olmaysiz. Angliyada ro'yxatga 25, OCHLda 30 nafar futbolchini kiritishingiz mumkin xolos. “Buxoro”dagi bu holat jamoa mavsum davomida qanchalar ko'p xato qilganini namoyish etadi. Jamoa ikki davrada turli tarkiblardan foydalandi. Yaxshi byudjetga ega bo'la turib, oliy ligada so'nggi turda jon saqlab qolgan klubda ahvol ko'rsatadiki, jamoada anana yuzaga kelmasa, katta pul bilan faqat birinchi ligaga tushib ketmaslik mumkin. Birinchi davradan keyin 14 futbolchi ketib, 13 yangi o'yinchi tashrif buyurgan. Bunaqa holatni Evropada havaskorlar ligasida ham ko'rmasak kerak. Oliy ligada qolgan jamoadan endi barqarorlik kutib qolamiz. “Buxoro”da ishlar to'g'ri qo'yilsa, moliyaviy holati bilan jamoa bemalol turnir jadvalining birinchi qismida bo'lish uchun kurasha olish salohiyatiga ega. Birinchi davrada selekciya umuman xato bo'lganini natijalar isbotladi. Tanaffusda esa tajribali Tachmurod Agamurodovning yordami bilan taklif etilgan futbolchilar katta ishni bajarishdi. Melziddinov, Ibragimov, Qobuljonov, CHipev, Fomin, Smolyachenko va SHukurov kabi o'yinchilar “Buxoro”ning oliy ligada qolishiga yordam berishdi. Bu yog'iga ushbu tarkib asosida barqarorlikni yuzga keltirish lozim. Albatta, mahalliy iqtidorlarga etibor berishni yo'lga qo'yish darkor.

Davralar oralig'ida kelganlar: Ruslan Melziddinov, Aziz Ibragimov, Sardor Qobuljonov, Alisher Sanaev, Nikolay CHipev, Nodir Davlatov, Marufxon Murodov, Sergey Georgiev, Timur Ayupov, Maksimilian Fomin, Maksim Antonyuk, Pavel Smolyachenko, Otabek SHukurov.
Ketganlar: Farruh Turdaliev, Vitaliy Plamadela, Otabek Isroilov, Evgeniy Kochnev, Saidkomil Akbarov, Sardor Jahonov, Ahror Umarjonov, Karavchesku, Alibobo Rahmatullaev, Dilyaver Abibullaev, Timur Turdiev, Zayniddin Tojiev, Bogdan Xaushi.

“ANDIJON”: 28 o'yinchi, tanaffusda 21 o'zgarish (ketganlar – 11, kelganlar - 10)
Ikkinchi davrada Edgar Gess jamoani tark etgandan keyin natijalari birdaniga yaxshilangan “Andijon” oliy ligada qolish masalasini bir necha tur oldin hal etishga erishdi. Jamoa safida bu yil 28 o'yinchi maydonga tushirildi. Bu o'rtachachadan yuqoriroq ko'rsatkich hisoblanadi. Yozda ro'y bergan o'zgarishlarning aksariyati yosh futbolchilar ishtirokida kuzatildi. Kelganlardan Berdiev, Husanov va Olimov asosiy tarkibda harakat qilishdi. Berdiev qator gollari bilan muhim ochkolar erishilishiga yordam berdi. Ketganlar ham ko'proq yosh o'yinchilardan iborat edi. SHuning uchun tarkibda birinchi davradan keyin katta o'zgarishlar kuzatildi deb aytish qiyin. Yil boshidan oliy ligada qolishga intilgan “Andijon” buni uddaladi, lekin jamoa yaxshiroq o'ynash salohiyatiga ega edi. Biroq birinchi davrada ichki muhitda turli kelishmovchiliklar sodir bo'lgani haqida bazi gaplar tarqaldi va bu natijalarga tasir o'tkazgan bo'lishi mumkin. Ikkinchi davrada vaziyat birdaniga o'zgarib ketdi.

Davralar oralig'ida kelganlar: Anvar Berdiev, Tursunboy Husanov, Iqbol Boboxonov,  Abdurasul Abdug'aniev,  Abdulloh Olimov,  Xondamir Yo'ldoshev, Dilmurod Mahmudov, Ravshan Tohirov, Baxtiyor Qosimov, Bahrom Qosimov.
Ketganlar: Muhammadibrohim Raimjonov, Bilol SHarofiddinov, Akbarjon Xo'jaev, Ruslan Gaffarov, Farruh SHotursunov, Sayriddin Gaffarov, Vitaliy Zoteev, Sardor Solijonov, SHohjahon No'monov, Ikromiddin Zaynobiddinov, Doniyor Usmonov.


“QO'QON-1912”: 27 o'yinchi, tanaffusda 15 o'zgarish (ketganlar – 6, kelganlar - 9)
Oliy ligaga qaytgan qo'qonliklar uchun bu ko'rsatkichlarni qoniqarli deb hisoblasa bo'ladi. CHunki hozir bizda birinchi ligadan yuqori ligaga chiqqan jamoa o'sha tarkibi bilan jon saqlab qolishi qiyin. SHu sababli tarkibda o'zgarishlar qilishga to'g'ri keladi. “Qo'qon-1912” joriy mavsum uchun oldiga qo'yilgan vazifani uddaladi. Yozgi tanaffusda jamoaga yordami tegishi mumkin bo'lgan futbolchilar tarkibga qo'shib olindi. Haydarov bir qator gollari bilan Qo'qon jamoasiga ochkolar keltirdi.Umuman olganda, jamoa mavsumda asosiy tarkibini deyarli shakllantirdi. Biroq ijaraga olingan futbolchilar bilan bog'liq holatdan chiqib ketish uchun o'yinchilar bilan to'liq shartnoma imzolash yo'lga qo'yilishi shart.

Davralar oralig'ida kelganlar: Aleksandr Kritinin, Suhrob Qobilov, Ilhom Komilov, Oybek Nurboev, Otabek Haydarov, Asilbek Omonov, SHodjamshid Jinaydullaev, Elyor Mo'yiddinov, Abror Rahmonov.
Ketganlar: Vladimir Argun, Xurshid Muxtorov, Kahramon Muhammadjonov, Izzat G'aniev, Muhriddin Ahmedov, Azamat Tursunov.

“SHO'RTAN”: 25 o'yinchi, tanaffusda 11 o'zgarish (ketganlar – 6, kelganlar - 5)
G'uzorliklar ham oliy ligaga qaytgan mavsumida kurashchan jamoa tuza olishdi. Asosiy tarkib mavsum mobaynida o'ynab keldi. Muxtor Qurbonov jamoasida yozgi tanaffusda bazi o'zgarishlar kuzatildi. Qoraev, Jo'raev va Mamadalievning kelishi G'uzor klubiga bazi muammolarni hal qilishga yordam berdi. Albatta, “SHo'rtan” hozircha barqaror o'yin ko'rsata olmayapti. Ketma-ket mag'lubiyatsiz uchrashuvlardan keyin g'alabasiz seriyalar uchrab turdi. Jamoa avval tajribali futbolchilarni jalb etib, yaxshi jamoa shakllantirgandi. Biroq bu yo'l katta mablag'ni talab qiladi. Endi klub qaysi yo'lni tutishini kelasi yili bilib olamiz.
Davralar oralig'ida kelganlar: Botir Qoraev, Sarvar Jo'raev, Sunnat Mamadaliev, Javlon Ramazonov, Akmal Rahimov.
Ketganlar: Viktor Karpenko, Jamol Otaqulov, Viktor Klishin, Rustam Azamov, Elyor Intizomov, Temur Jo'raev.


“QIZILQUM”: 24 o'yinchi, tanaffusda 20 o'zgarish (ketganlar – 10, kelganlar - 10)
Navoiy jamoasida ham vaziyat ancha yaxshi tarafga siljidi. Asosiy tarkib o'zagi malum, endi asta-sekinlik bilan o'yinni yanada shakllantirib borish imkoniyati mavjud. Davralar oralig'idagi o'zgarishlarning ko'pi asosiy tarkibda o'ynamayotgan futbolchilar hisobiga to'g'ri keldi. Yani, ular jamoaga salbiy tasir ko'rsatadigan darajada emasdi. Agar 1-2 muhim uchrashuvlarda ochko yo'qotmaganda “Qizilqum” jadvalda yuqoriroq pog'onalarda joylashishi mumkin edi. Safga 2-3 yaxshi saviyadagi ijrochilar qo'shib olinsa, Navoiyda kuchli jamoani tashkil qilish mumkin. Bolalar futboliga etiborni kuchaytiradigan payt ham keldi. CHunki futbolga qiziqadigan hududda iqtidorli yoshlarni tarbiyalash orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin. “Qizilqum” o'rtamiyonalar orasida o'sish uchun yaxshiroq imkoniyatga ega jamoa hisoblanadi. Hamma gap keyingi rejalar qanday ekanligiga bog'liq.

Davralar oralig'ida kelganlar: Viktor Klishin, Doston Abdurahmonov, Navro'z Alimov, Ruslan Iskandarov, Bahrom Narzullaev, Diyor Rahmonov, Alisher Usmonov, Sardor Jahonov, G'ayrat Davronov, Abbos Rustamov.
Ketganlar: Vyacheslav SHevchenko, Alisher Sanaev, Feruz Boboqulov, Alisher Azizov, Xurshid Yo'ldoshev, Bahodir Qosimov, Pyotr Batarov, Farhod Ashurov, Olmos Fayziev, Jahongir Ismatov.

“METALLURG”: 20 o'yinchi, tanaffusda 3 o'zgarish (ketganlar – 1, kelganlar - 2)
Bekobodliklar tarkibi oxirgi yillarda oliy ligada eng barqaror sanalib kelinayotganlardan biridir. Jamoada katta o'zgarishlar ro'y bermaydi. Yangi avlodning kirib kelishi ham asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi. SHu tariqa Safoev, Abdujabborov, Sulaymonov, Nurmatov singari o'yinchilar asosiy tarkib vakillariga aylanib borishdi. 2015 yil oliy ligada “Metallurg” safida 20 futbolchi harakat qilgan. Bu tarkib shakllanib bo'lganini ko'rsatadi. Bekobodliklar safarda ochko yig'ish borasida 6-pog'onani egallashdi, biroq uydagi bellashuvlarda ular muhim ochkolarni qo'ldan chiqarishdi. Jamoa hozir tanlagan yo'lidan voz kechmaydi va keyingi yil ham shu o'yinchilar bilan mavsumni o'tkazishini kutish mumkin. Yozda kelgan va ketgan futbolchilar yoshlar jamoasiga taalluqli bo'lgani tufayli ularni yozib o'tirmadik.

Dastlabki 8 pog'onadan o'rin olgan jamoalarda bu borada vaziyat qanday ekanligiga navbatdagi maqolada nazar solib o'tamiz.


Behzod NAZAROV.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика