Eshitdik-da! Tez orada O'zbekiston Superligasi o'yinlari 10 ta kamerada tasvirga olinadi
09 mar 14:40
Yangiliklar


Eshitdik-da! Tez orada O'zbekiston Superligasi o'yinlari 10 ta kamerada tasvirga olinadi
Superliga translyaciyasini yanada rivojlantirish ustida ishlar ketayotgani to'g'risida xabarlar bor.
Malumki, yangi ochilgan Futbol TV kanali Superliga startiga qadar ham SD formatda efir yuzini ko'rayotgandi. O'FA yangi prezidenti aralashuvidan keyin mavsum starti oldidan efirlar HD formatga o'tdi.
Bizgacha etib kelgan malumotlarga ko'ra, MTRK 10 ta kamerani o'z ichiga olgan KTS tayyorlamoqda. Katta ehtimol u O'zbekiston — Qirg'iziston o'yiniga qadar tayyor bo'ladi. Keyinchalik esa bu KTS Superliga o'yinlarida ishlashi kutilmoqda. Shu yilning oktyabr oyiga qadar esa kompaniya yana bir yangi KTS xarid qilishni rejalashtirmoqda.
PFL xarid qilgan telekameralar esa UzReport bir necha yil avval xarid qilgan KTS ko'rinishida yig'ib chiqilmoqda. Aprel oyida u ham foydalanishga topshirilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar