So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  3 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Tachmurod Agamurodov: "Natija adolatli. Bir kishi kam bo'lib o'ynash juda qiyin" Yangiliklar

Tachmurod Agamurodov: "Natija adolatli. Bir kishi kam bo'lib o'ynash juda qiyin"

O'zbekiston Kubogi 2-turi doirasida "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Jamoamizning ayni damda Superliga turnir jadvalidagi holatini, shuningdek, bugun Kubok bahsi bo'lganini inobatga olsak, kam o'yin amaliyotiga, yoshlarga etibor berishni lozim topdik. O'yin davomida o'zimiz uchun qandaydir hulosalar chiqarib oldik. Albatta, har qanday holatda - tarkibning qanday bo'lishi yoki kim o'ynashidan qati nazar natija muhim bo'lishi kerak edi. Kerak bo'lmagan joydagi qizil kartochkaning tasiri katta bo'ldi. Balki ko'p narsa futbolchining mahoratiga bog'liqdir. SHunday joyda qizil kartochka olyaptimi, demak, u bugungi o'yinga ruxan tayyor emas ekan.

- Kubokda vazifa bormi?

- Umuman olganda vazifa yo'q. Qatnashib, futbolchilarni sinab oldik, ayrim ishlanmalarni ko'rdik. Hozir bizdagi asosiy vazifa - Superliga. 

- Bugungi yakuniy natija haqida nima deysiz?

- Barchasini qizil kartochka sindirib yubordi. Qachonki jamoa kamchilik bo'lib qolsa, g'alaba qozonish imkoniyati pasayib ketadi. Natija adolatli. Kam bo'lib o'ynash, ruxiy tomonlama ham qiyin. O'tgan o'yinlar davomida ham bir qancha futbolchilarimiz qizil olishdi. Bu borada pauza bo'lmayapti. 

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика