Tayyorgarlik mashqlari yakunlangach, yangi mutaxassisning fikrlari bilan qiziqdik.
Samarqanddek shahar jamoasida yana ish boshlaganimdan juda xursandman. Bu ajoyib shahardagi dastlabki faoliyatimdan menda juda yaxshi va yorqin xotiralar qolgan. Klub men uchun begona emas – bir qator futbolchilar bilan oldin ham ishlaganman - deydi murabbiy.
Albatta, hozirda jamoaning turnir jadvalidagi holati havas qilarli darajada emas. Ammo, ikkinchi davraning asosiy o'yinlari hali oldinda va vaziyatni o'zgartirish uchun imkoniyat bor. Shunday ekan, men jamoa natijalari yaxshilanishi uchun bor bilim va tajriba hamda mahoratimni ishga solaman. Tajribamdan bilaman – Dinamoning minglab sodiq muxlislari borki, ular hech qachon sevimli jamoalari taqdiriga befarq bo'lmaydilar. Umid qilamanki, ular o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlashda davom etishadi va biz birga yaxshi natijalar uchun kurashamiz - deya ta'kidladi Tachmurod Shamakovich.
Eslatib o'tamiz, Dinamo navbatdagi 17-turda shanba kuni safarda Bunyodkor mehmoni bo'lsa, 18-turda chorshanba kuni Andijonni o'z maydonida qabul qiladi.