So’nggi yangiliklar

15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  0 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   3 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  9 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  22 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  6 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4

Szeto Man CHun: “O'zbekistonning hujumchilari himoyamizni qiyinchiliksiz yorib o'tdi” Yangiliklar

Szeto Man CHun: “O'zbekistonning hujumchilari himoyamizni qiyinchiliksiz yorib o'tdi”

U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O'zbekiston uchrashuvidan so'ng Szeto Man CHun matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Avvalambor gonkonglik barcha muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Ular bizni yaxshi qo'llab — quvvatlashdi, biroq biz ular istagan o'yinni ko'rsata olmadik.

Avvalgi turda Eron sizlarga 3 ta gol urdi, O'zbekiston esa 10 ta. Uchinchi turda esa Eron va O'zbekiston o'zaro bahs olib boradi. 2 ta o'yindan kelib chiqib, kimni favorit deb hisoblaysiz?

- Ikki jamoa ham juda kuchli. Eronga qarshi uchrashuvda etarli darajada himoyala olmadik va hujumdagi vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Bugungi uchrashuvda ham biz o'z rejalarimizni amalga oshira olmadik. Menimcha, O'zbekiston Eronga nisbatdan kuchliroq, ularning hujum chizig'i ancha kuchli. O'zbekistonning hujumchilari ancha mahoratli ekan.

Tanaffusdan so'ng so'ng sizda ikkinchi bo'lim uchun B rejasi bormidi?

- Barcha o'yinimizni birinchi bo'limda ko'rsatib bo'ldik. Ikkinchi bo'limda taktikani o'zgartirdik va 2 ta hujumchi bilan harakat qildik. Eronga qarshi bahsga nisbatdan bugun ochiqroq o'yin ko'rsatdik. Ikkita hujum bilan harakat qilganimizdan so'ng himoyamizda ochiq joylar ko'payib ketdi. O'zbekistonning hujumchilari himoyamizni qiyinchiliksiz yorib o'tdi.

Afg'onistonga qarshi bo'lajak uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- Afg'oniston terma jamoasi jismoniy jihatdan kuchli jamoa. Biz turnirga qadar mamlakatimizda to'rtta o'yinda o'ynadik va shu sababli bizda biroz charchoq bordek. Menimcha, Afg'onistonga qarshi uchrashuvda raqiblarimiz biroz favorit bo'lsa kerak.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика