Suxrob Qobilov: "Lokomotiv" oliy liganing kuchli jamoasi"
10 apr 2016 09:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204296_original.jpg)
![](/upload/storage/204296_220.jpg)
Suxrob Qobilov: "Lokomotiv" oliy liganing kuchli jamoasi"
Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasi oliy liganing navbatdagi turini o'z maydonida “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazadi.
O'shbu o'yin oldidan "So'g'diyona" yarim ximoyachisi Suhrob Qobilov bilan suhbatlashdik.
- “Lokomotiv” jamoasi oliy liganing kuchli jamoasi. Qo'limizdan kelgancha o'ynaymiz va Jizzax xalqini xursand qilamiz degan umiddaman. Qaysi jamoa bo'lmasin yaxshi o'yin kursatishga harakat qilamiz va albatta bunga erishamiz, - deydi Qobilov.
- “Sug'diyona” ushbu bahsga qanchalik tayyor?
- Jamoamiz ruhan va jismonan tayyor. Murabbiyimiz Davron Fayziev ko'rsatmalari bo'yicha o'ynaymiz va albatta yaxshi natijaga erishamiz deb umid qilaman. Bizga ham ochko kerak va biz maydoga g'alaba uchun tushamiz.
Dildora Xolbaeva suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar