So’nggi yangiliklar

11:59Абдуқодир Ҳусанов "Ливерпуль" билан ўйин учун неча баҳо олди?  1 11:38Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси Элит ОЧЛнинг марказий ўйинида фаолият олиб боради  0 11:19Футзал якунлари. Осиё янги чемпионни кўришга яқин эди  1 10:55Тарихда шу кун. Шомуродовнинг порлашини бошлаб берган “Бунёдкор” – “Ал Шабаб” учрашуви   1 10:355 та гол урилган тўқнашувда "Пахтакор" Молдова клубидан устун келди  4 10:10"Локомотив" назорат баҳсида Қирғизистоннинг амалдаги чемпионидан енгилди  0 09:45"Андижон" назорат учрашувида Черногория клуби билан дуранг ўйнади  1 09:20Рўзиқул Бердиев: "Ҳозирги ҳолатимизда ҳам яхши таркибга эгамиз. "Насаф" доим олдига юқори мақсадларни қўяди"  4 08:58ОКМК vs "Бунёдкор". Қайси жамоа кучли?  2 08:33"Насаф" - "Ал Шорта". Жамоалар қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  1 08:18Элит ОЧЛ. "Насаф" бугун Фарғонада "Ал Шорта" билан ўйнайди  4 07:50"Манчестер Сити" беш йилдан сўнг илк бор "Энфилд"да "Ливерпуль"ни мағлуб этди  6 03:03Ўртоқлик ўйини. “Навбаҳор” “Рубин”га мағлуб бўлди  1 02:56Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Валенсия"ни мағлуб этди, "Барса" билан орадаги фарқ — 1 очко  25 02:53А Серия. "Ювентус" "Лацио" билан ўйинда 90+6 дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  1

Suxrob Nurulloev: "Nasaf" bugungidan ham yaxshiroq o'ynay oladi" Yangiliklar

Suxrob Nurulloev: "Nasaf" bugungidan ham yaxshiroq o'ynay oladi"

Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun OFK kubogidagi yurishini boshladi.

Qirg'izistonning "Oloy" jamoasiga qarshi kechgan o'yinda Ro'ziqul Berdiev shogirdlari katta ustunlikka ega bo'lishdi va bu hisobda ham aks etdi, 4:0. "Nasaf"ning o'yindagi ilk goliga zaxiradan maydonga tushgan Suxrob Nurulloev mualliflik qildi. Ushbu bahsdan so'ng Nurulloevning fikrlariga quloq tutdik.


- Har qanday musobaqada birinchi o'yin qiyin bo'ladi. Futbolchilarda hayajon bo'lishi tabiiy. "Oloy" bilan kechgan to'qnashuvda o'yin ham, hisobdagi ustunlik ham "Nasaf" tomonida bo'ldi. Mazkur bahs jamoa uchun qay darajada oson va qiyin o'tdi?

- Musobaqadagi ilk o'yinimiz bo'lgani uchun ozgina qiynaldik. Boz ustiga jamoamizdagi aksariyat futbolchilar bunday turnirda ilk bor ishtirok etayotgandi. Birinchi bo'limda bir nechta yaqqol golli vaziyatlardan foydalanganimizda bosimdan halos bo'lardik. "Oloy" shunday o'ynashidan xabarimiz bor edi. Goldan so'ng o'yinimiz yanada ochilib ketdi. Bu dastlabki bahs. G'alaba tarixda qoldi. Endi navbatdagi o'yinlar haqida o'ylashimiz zarur.

- Xalqaro turnirlardagi birinchi g'alaba hamma jamoaga turlicha tasir qiladi. Qaysidir klubda futbolchilar xaddan tashqari ruhlanib ketishadi yoki aksincha etibor bermay, o'yinni unutib etiborni jamlab olishadi. Yirik hisobdagi g'alaba "Nasaf"ga qaysi tomonlama tasir qiladi?

-  Oldimizga har bir o'yinda yaxshi natija ko'rsatish va guruhdan chiqish maqsadi qo'yilgan. Xudo xohlasa buni amalga oshirib muxlislarni xursand qilamiz. Yuqorida takidlaganimdek bor etiborimiz keyingi o'yinga qaratilgan. 

- Guruhdagi ikkinchi o'yinda "Xo'jand" va "Oltin asr" o'zaro durang o'ynashdi. "Nasaf"ning guruh bosqichidagi asosiy raqobatchisi qaysi jamoa bo'ladi?

- Guruh bosqichi bitta o'yinlardan iborat bo'lgani uchun barcha bor kuchi bilan maydonga chiqmoqda. Qaysidir jamoani kuchli yoki kuchsiz demayman. Biz faqat o'z o'yinimizni o'ylashimiz lozim. Murabbiyimizning ko'rsatmalarini to'liq bajarsak bugungidan ham yaxshiroq o'ynay olamiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика