So’nggi yangiliklar

20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  36 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  6 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

“Surxon”da barvaqt g'oyib bo'lgan Vladimir Bubanyaning o'zi nima deydi? Yangiliklar

“Surxon”da barvaqt g'oyib bo'lgan Vladimir Bubanyaning o'zi nima deydi?

Bugun saytimiz orqali “Surxon” jamoasining serbiyalik legioneri Vladimir Bubanyani muddatidan avval klub lagerini tark etgani xususida xabar bergandik.

Keyin bu haqda hamkasbimiz Faxriddin Ro'ziev o'z munosabatini bildirib, fikrlarini bayon etgandi. Biz esa mavzuni davom ettirgan xolda, Bubanyaning o'zi bilan bog'lanib, vaziyatga oydinlik kiritdik.

- Sizni yaqinda xuddi yana o'tgan yilgidek “Surxon” jamoasidan kutilmaganda g'oyib bo'lganingizni eshitdik. Buni qanday izohlaysiz?
- O'zingiz ham yaxshi bilsangiz kerak, “Surxon”da moliyaviy muammolar bor. Oylik maoshlarimni o'z vaqtida ololmagach, vatanimga qaytishga qaror qildim. CHunki oilam hozir Serbiyada. SHuning uchun men ham yil yakuniga qadar o'zimizning chempionatda o'ynashni lozim topdim.

- “Surxon” bilan amaldagi shartnomangizni qachon bekor qilib ulgurdingiz?
- SHu yilning 20 iyul kuni erkin agentga aylanganman. So'ngra Serbiyadagi mahalliy “Novi Pazar” jamoasi bilan mavsum so'nggiga qadar kelishuvga erishdim.

- Sobiq jamoangiz rahbariyati bilan uchrashib, qolib ketgan pullariz bo'yicha batafsil gaplashib olganmisiz?
- Bu borada yana konkret kelishuvga erishmaganmiz. Har doimgidek og'zaki gaplar.



- Jamoani tark etishingizning asosiy sababi moliyaviy muammolar bilan bog'liqmi yoki ko'pincha zaxirada qolib ketishingiz yoqmadimi?
- Albatta pullarimni o'z vaqtida ololmaganim tufayli ketdim jamoadan.

- Murabbiylar bilan munosabatingiz qanday edi? Nahotki ular Sizni jamoada olib qolishni istamagan bo'lsa?
- Bu borada muammo yo'q edi. Murabbiylar bilan munosabatim ajoyib bo'lgan.

- Sir bo'lmasa “Surxon”da qancha miqdorda pullaringiz qolib ketdi?
- 30-40 ming AQSH dollari atrofida.

- Kelasi mavsum Sizga yana O'zbekiston klublaridan takliflar bo'lsa, ortga qaytishingiz mumkinmi?
- Nasib qilsa, yanvar oyida Toshkentga qaytaman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика