So’nggi yangiliklar

13:33Рустам Ашурматов жароҳат олди ва Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  0 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  0 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  4 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  2 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  1 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  64 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2

"Surxon" va legionerlar muammosi davom etadi. Igor Petkovich FIFAga arz qilmoqchi Yangiliklar

"Surxon" va legionerlar muammosi davom etadi. Igor Petkovich FIFAga arz qilmoqchi

Serbiyalik futbol agenti Igor Petkovich kuni kecha saytimizga intervyu bergandi.

"Surxon"dagi ichki muhit, qarzdorliklar, bir kun ishlagan Xomyakov", - serbiyalik futbol agentidan sensacion iqrorliklar          


Ushbu intervyudan keyin "Surxon" klubi ham o'z poziciyasini taqdim etdi.

"Surxon" FK: "Futbolchilarga 3 oylik maoshlar to'langan. Vahimaga o'rin yo'q. Xomyakov bilan uzoq vaqt davomida muzokara olib borildi"   



Kecha Igor Petkovich feysbukdagi o'z sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi.
Rus tilidan tarjima:

"Surxon" klubidagi mijozlarim Darko Stanoevich va Vladimir Bubanya borasida intervyu berganimdan so'ng "Surxon" FK menedjmenti OAV orqali o'z munosabatini bildirdi.

Men O'zbekistonda 4 yil o'ynaganman, O'zbekiston bozorida birinchi yil ishlayotganim yo'q, aytganimdek O'zbekistondagi deyarli barcha serbiyalik futbolchilar mening mijozlarim hisoblanishadi. Ammo bunday vaziyatga birinchi bor to'qnash kelishim.

Klub futbol jamoatchiligiga noto'g'ri malumot bermoqda, meni va futbolchilarimni yomonga chiqarmoqda. O'zbekistonda juda ko'plab do'stlarim bor va gap men hamda futbolchilarim haqida borayotgan ekan jim tura olmayman. Bularni ommaga olib chiqmoqchi emasdim, ammo shunga majbur qilishdi!!!

"Surxon" klubi munosabati bo'yicha.
2019 yilgi mavsum tugagach, boshqa klublardan futbolchilarim bilan shartnoma tuzish borasida ko'plab takliflar kelib tushdi. Bu vaqtda esa "Surxon" rahbariyati ularni o'z safida olib qolish va hamkorlikni davom ettirishni istadi. Muzokaralar uzoq va og'ir o'tdi. Barcha majburiyatlar to'liq bajarilishini hamda futbolchilar klub bilan yangi shartnoma tuzishlariga meni bir amallab ko'ndirishdi. Yakunda 2020 yil 6 yanvar kuni Darko Stanoevich va Bubanya Vladimir "Surxon" bilan shartnoma tuzishdi.

SHartnoma bo'yicha klub majburiyatlariga kelsak - Rahbariyat futbolchilarga 3 oylik maosh to'langanini aytmoqda, bu yolg'on, mijozlarimda bankdan olingan hujjat bor, unda klub tomonidan to'langan barcha mablag'lar haqida malumot bor.

Bundan tashqari "Surxon" klubi karantin vaqtida 16 martdan 1 iyunga qadar hatto buxgalteriya ham ishlamaganini yozmoqda. Menda shu joyda savol tug'ilmoqda - agar klub rahbariyati va buxgalteriya ishlamagan bo'lsa mening futbolchilarim 24.03 - 22.05.2020 oralig'ida maosh olishganini qanday tushunish mumkin.

Bu to'lovlar futbolchilarga karantin vaqtida ovqatlanish va yashash uchun deyilgan, ammo yuqorida aytgan bank hujjatiga ko'ra bu pullar avans tariqasida berilgan.

Munosabatda futbolchilarim karantin vaqtida maoshlari kamayishiga qarshi bo'lishgani haqidagi band ham yolg'on. Eslatib o'taman FIFA cirkulyariga pandemiya vaqtida professional futbolchilarning maoshlari kamayishi muzokara orqali hal qilinadi va klub bir tomonlama maoshlarni kamaytira olmaydi. Butun dunyoda pandemiya ekanini yaxshi tushunib turibmiz va men hamda mijozlarim doim klub bilan muzokara o'tkazishga tayyor. Ammo bu borada hech qanday muzokara bo'lgani yo'q.

Futbolchilarni 3 kun oldin chaqirishgan va hech qanday muzokarasiz bir tomonlama qaror qabul qilib, vaziyatni tushuntirmay maoshlarni pasaytirishlarini aytishgan.

SHartnoma tuzilganiga 6 oydan oshdi, ammo klub rahbariyati futbolchilarga ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasining uchinchi nusxasini hamon bermagan bu esa reglamentning buzilishidir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, agar yaqin kunlarda vaziyat yaxshilanmasa men FIFAning nizolarni hal qilish Palatasiga murojaat qilishga majbur bo'laman.

Klub rahbariyatiga shuni eslatib qo'ymoqchiman:
FIFA futbolchilar statusi va transferi reglamenti 14bis bobida quyidagilar yozilgan:
Maosh to'lanmaganligi bois shartnomani bekor qilish.
Agar klub qonunga zid ravishda futbolchiga kamida 2 oy belgilangan maoshni to'lamas, o'yinchi shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Faqat bunda futbolchi klubga yozma ravishda bu haqda murojaat qilishi va barcha moliyaviy masalalarni ijobiy hal qilish uchun 15 kun muhlat berishi shart, - deb yozadi Igor Petkovich feysbukdagi o'z sahifasida.


Yuqoridagi masala bo'yicha "Surxon" legionerlaridan biri PFLga murojaat qilgan va "Surxon" hamon mehnat shartnomasi nusxasini bermaganini malum qilgan. Mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi biri PFLda, biri "Surxon"da va biri futbolchida bo'lishi shart. PFL bu borada futbolchiga yordam bergan va "Surxon" klubiga ogohlantirish yuborgani malum bo'ldi.

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика