So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  6 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

“Surxon” futbol klubi logotipi FOTO Yangiliklar

“Surxon” futbol klubi logotipi FOTO

Teglar :  LogotipSurxon
Xabaringiz bor, mamlakat birinchi ligasida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qilishni o'z oldiga maqsad qilgan Termizning “Surxon” futbol klubi ayni paytda mavsumga puxta hozirlik ko'rmoqda.

Malum tanaffusdan so'ng, yana bahslarga qo'shilayotgan termizliklar kuni kecha o'z logotipiga ega bo'lishdi.

Bundan bir oy muqaddam  munosib logotip yaratish maqsadida tanlov elon qilingandi. Unda yurtimizning turli viloyat va shaharlaridan uch yuzga yaqin ijodiy ishlar taqdim etildi. Ular orasidan Toshkent kimyo texnologiya instituti Organik birikmalar fakulteti gazni qayta ishlash bo'limi 2-bosqich talabasi Azamat Umarovning chizgan logotipi “Surxon” professional futbol klubi rahbariyatiga maqul tushdi va u tanlov g'olibi deb topildi.


SHu o'rinda yangi logotip haqida qisqacha izoh:

“Surxon” professional futbol klubi logotipi haqida

“Surxon” futbol klubi - O'zbekistonning janubiy mintaqasida joylashgan Surxondaryo viloyati mamuriy markazi Termiz shahri sharafini himoya qiladi.
Termiz shahri uzoq tarixga ega. Voha mamlakatning eng issiq mintaqalaridan biri sanaladi. Logotipni yaratishda bu jihatlarga alohida etibor qaratilgan.
Logotip umumiy rang tasviri sariq bilan ifodalangan. Umumiy qalqon ko'rinishida shakllantirilgan logotip yuqorisida jamoa nomi o'zbek tilining lotincha shriftida SURXON deb ajratib yozilgan. Futbol klubi nomi ostida shahar nomi - TERMIZ deb ko'rsatilgan.

Logotip markazida qadimiy va hamisha navqiron shaharning bosh tarixiy obidasi ramzi tushirilgan. Bu obida ostonasiga eltuvchi asosiy yo'lning chizmasi ifodasi esa nafaqat SURXON futbol klubi, balki Surxondaryo viloyati atamasining bosh harfini tasvirlagandek tasavvur uyg'otadi. Markazdagi tasvir atrofiga ingliz tilida football club va o'zbek tilining lotin alifbosida futbol klubi deb alohida yozib qo'yilgan.

Imom al Hakim At-Termiziy tarixiy obidasi oldidagi futbol to'pi bu logotip qaysi sport jamoasiga tegishligi ekanligiga ishoradir. Undan taralayotgan sariq va ko'k nur esa “Surxon” jamoasining uy va safardagi uchrashuvlarda maydonga tushadigan liboslari rangini aks ettirgan.

SHuningdek, logotipning quyi qismida “Surxon” jamoasi tashkil topgan 1968 yil alohida ajratib ko'rsatilgan.

Eslatib o'tamiz, termizliklar mavsumni 19 mart kuni O'zbekiston kubogi dastlabki bosqichi doirasidagi uchrashuv bilan boshlashadi. Unda “Surxon” jamoasi Jizzax viloyatining “G'allakor-Barsa” jamoasi mehmoni bo'ladi. Fursatdan foydalanib, yangi mavsumda “Surxon” jamoasiga omad tilaymiz.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика