OFK yangi formatdagi musobaqalarni tanishtirdi

Sherzod Nurmatov
17 may 2024
Osiyo futbol konfederatsiyasi klublar o'rtasidagi yangi turnirlar logotipi va ularning formati haqida ma'lumot berdi.


OFK Elit Osiyo Chempionlar Ligasi

Osiyo futbol konfederatsiyasi shafeligidagi 43-asosiy musobaqa, 24 jamoa ishtirok etadigan yangi formatdagi ilk turnir.


OFK Ikkinchi Osiyo Chempionlar Ligasi

Ikkinchi OCHL – OFK tomonidan tashkil etiladigan qitaning ikkinchi darajali klublar o'rtasidagi yangi futbol turniri. Guruh bosqichida 32 ta jamoa qatnashadi.


OFK Chaqiruv Ligasi

Chaqiruv Ligasi OFK shafeligida ilk bor tashkil qilinadigan musobaqa hisoblanadi. Unda 20 ta jamoa ishtirok etadi.


OFK Ayollar Osiyo Chempionlar Ligasi

Ushbu turnir dastlabki 4 sinov musobaqadan keyingi ayollar o'rtasidagi ilk OCHL musobaqasi sifatida tarixdan joy oladi. Uning tashkilotchisi – Osiyo futbol konfederatsiyasi.

2024/25 yilgi musobaqa ilk bosqich (ishtirokchilar soniga qarab)ni o'z ichiga olgan, guruh bosqichida 12 ta jamoa ishtirok etadigan asosiy turnirdir.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: the-afc.com