So’nggi yangiliklar

10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  1 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  6 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  4 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  2

“Surxon” – “Andijon”. Prevyu Yangiliklar

“Surxon” – “Andijon”. Prevyu

Bugun, 29 aprel kuni Termizdagi “Surxon” stadionida 6-tur doirasida “Surxon” hamda “Andijon” jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

Ushbu uchrashuvga har ikki jamoa ikki xil kayfiyatda tashrif buyuradi. Sababi, 5-tur doirasida “Andijon” vodiyda vohaning “Nasaf” jamoasi darvozasini 3 marotaba ishg'ol etib, g'alaba qozongan bo'lsa, “Surxon” jamoasi vodiyda “Navbahor” jamoasidan uchta gol o'tkazib yuborib, Termizga quruq qo'l bilan qaytib ketdi.

Quyida jamoalarning milliy chempionatlarimizda o'tkazgan o'zaro uchrashuvlari statistikasini etiboringizga havola etamiz.



Jamoalar shu kungacha o'zaro 24 marta uchrashgan. O'tkazilgan 24 ta bahsning 14 tasida “Andijon” g'alaba qozongan bo'lsa, 6 ta bahs termizliklar foydasiga hal bo'lgan. Qolgan 4 ta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.

“Andijon” jami bo'lib raqiblar darvozasini 54 marta aniq nishonga olgan bo'lsa, “Surxon” jamoasi 32 ta gol bilan javob qaytargan.

“Andijon” raqibini eng yirik – 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. “Surxon” esa bir marotaba ham yirik hisobda g'olib bo'lolmagan.



“Andijon” jamoasi jami o'zaro uchrashuvlarda 46, “Surxon” esa 22 ochko jamg'argan.

Ushbu jamoalarning Oliy ligadagi so'nggi uchrashuvi so'nggi marotaba 2004 yilning 14 avgust kuni Andijon shahrida o'tkazilgan va unda "Andijon"ning qo'li baland kelgan – 2:1. Oradan 15 yil o'tib, ushbu jamoalar 27 aprel kuni Termizda bahs olib borishadi.


Surxon

Superliga. 6-tur

29/04/2019, 17:30

0
:
0
Tugadi

Andijon

45'
90'
36'  Abror Ismoilov
46'  Abduqahhor Xozhiakbarov (Abbosbek Maxsataliyev)
79'  Ayubxon Nomanov (Abdulaziz Yusupov)
85'  Vladimir Bubanya
90'  Sherzod Hakimov (Ravshan Khursanov)
21'  Oybek Qilichev
29'  Dilshod Rahmatullayev
46'  Shahzod Ubaydullayev (Sardor Sulaymonov)
57'  Ro’zimboy Ahmedov
63'  Abror Xusinov (Farhod Mirahmatov)
81'  Oybek Qilichev (Asror G'ofurov)
90'  Ruslan Matniyozov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика