Suriya bosh murabbiyi: "Toshkentda ham shunday ob-havoda o'ynaymiz"
29 avg 2016 12:01
Yangiliklar
Suriya bosh murabbiyi: "Toshkentda ham shunday ob-havoda o'ynaymiz"
Tojikiston - Suriya (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ayman Al Hakim o'z fikrlarini bildirdi.
Bu haqda Tojikiston futbol Federaciyasi rasmiy sayti xabar berdi.
"Tojikiston terma jamoasi maydon egasi siaftida ko'proq hujum qilishini kutgandim, biroq ular asosan himoyalanishdi. Tan olishim kerak, bu men uchun kutilmagan hol bo'ldi. Tojikiston bilan o'yin bizga O'zbekistonga qarshi bahsdan oldin ko'p narsa berdi. Toshkentda ham shunday ob-havoda o'ynaymiz. Jamoamiz o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmadi. Tojikiston yaxshim himoyalandi, ammo hujumda deyarli hech nima qila olmadi. Balki, bu murabbiylar shtabining ko'rsatmasi bo'lgandir", - deydi Ayman Al Hakim.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Suriya uchrashuvi 1 sentyabr kuni soat 20:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.
Fikrlar