So’nggi yangiliklar

21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  0 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 21:05Суперлига. "Нефтчи" – "Бухоро" 1:0 (матнли трансляция)  24 21:05Суперлига. "Машъал" - "Насаф" 1:3 матнли трансляция)  37 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0 19:38"Ливерпуль" ҳимоя чизиғида ўзгариш кутиляпти — "Кристал Пэлас" ҳимоячиси рўйхатдаги асосий номзодлардан бири  0 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  7 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   3 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  2 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  16 15:44Кумир билан учрашув: Ямаль Бразилияда Неймар билан бирга футбол ўйнади  4

“Supermokh Cup 2016”. 7-kun. “Bunyodkor” “San-Paulo”ga yutqazib qo'ydi va 4-o'rinni egalladi Yangiliklar

“Supermokh Cup 2016”. 7-kun. “Bunyodkor” “San-Paulo”ga yutqazib qo'ydi va 4-o'rinni egalladi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tashkil etilgan “Supermokh Cup 2016” turnirining g'olib va sovrindorlari aniqlanmoqda.

Bugun kunning birinchi yarmida U-14 yosh toifasida “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Braziliyaning “San Paulo” jamoasi vakillari bilan uchinchi o'rin uchun kuch sinashishdi. Uchrashuv qiziqarli kurashlarga boy bo'ldi. Lotin Amerikasi vakillari jismoniy va texnik jihatdan biroz ustunlik qilishdi va yaratgan vaziyatlarni golga aylantirishda aniq harakat qilishdi. Buning natijasida “San-Paulo” 3:0 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa, Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev boshchiligidagi 2002 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoamiz 20ta jamoa ishtirok etgan turnirda 4-o'rinni egalladi va kichik bronza medallari bilan taqdirlanadigan bo'ldi. Kunning ikkinchi yarmida bo'lib o'tadigan final bahsida Portugaliyaning “Lissabon” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari mahalliy Malayziya pumalari jamoasi bilan bellashadi.

2004 yilda tavallud topgan jamoamiz esa bugun Bruney qirolligining “Tabuan” klubi bilan kuch sinashdi va yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Jamoamiz gollariga Mirkamol Abdurazzoqov (2ta), SHahzodbek Akbaraliev va Akobirjon Ahmadjonov mualliflik qilishdi. SHu tariqa, Mirkamol Qosimov va Temur Boboxonov boshchiligidagi U-12 jamoamiz turnirni g'alaba bilan yakunladi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика