So’nggi yangiliklar

16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  5 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  27 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  27 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  9 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0

"Superliganing eng yaxshilariga terma jamoada imkoniyat berilmagani xayron qoldiradi. Katanec o'ziga keraklilarni aniqlab olgan" - Islom To'xtaxo'jaev Yangiliklar

"Superliganing eng yaxshilariga terma jamoada imkoniyat berilmagani xayron qoldiradi. Katanec o'ziga keraklilarni aniqlab olgan" - Islom To'xtaxo'jaev

Sir emaski, o'rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblarimiz Kamerun va Kosta-Rika tarkibida jismonan kuchli futbolchilar etarlicha.

Bunday vaziyatda asosiy yuk himoya chizig'i vakillariga tushadi. Terma jamoa safida ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushgan tajribali futbolchi Islom To'xtaxo'jaev bo'lajak o'yinlardan oldin mudofaa chizig'imiz haqida fikr bildird.

- Ancha vaqtdan beri terma jamoadan chaqiruv olganingiz yo'q. Demak chetdan kuzatish imkoni bo'lgan. O'zbekiston milliy terma jamoasining bugungi himoyasi haqida fikringiz qanday?

- Bu chiziqda jamlangan futbolchilarning barchasi iqtidorli. Har biri o'ziga yarasha kuchli.



- Srechko Katanec sizning barcha futbolchilarni kuzatyaptimi? SHaxsan bizga bu narsa sezilmadi...
- Menimcha o'ziga kerakli o'yinchilarni aniqlab olgan. Hamma murabbiyning o'ziga yarasha qarashlari, falsafasi bor. SHuning uchun ularni faqat qo'llab-quvvatlash kerak.

- CHiziqlardagi raqobatga qanday baho berasiz?
- Ochig'i bilmadim. Men uchun bugungi kunda kim zo'r sport formasida bo'lsa, o'sha futbolchi to'p tepishi kerak. Ayni paytda Superligada eng yaxshi bo'lib turganlarning ko'pchligiga biror marotaba imkoniyat berilmagani xayron qoldiradi. Aksiga olib faqat o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilyapti.

- Senegalga umuman Afrika qitasi jamoalariga qarshi o'ynagan futbolchi sifatida himoyachilar qanday harakat qilishi kerak, deb o'ylaysiz?
- Baquvvat himoyachilarimizga ishonaman. Murabbiyning ko'rsatmasini bajarishga harakat qilishsa, hammasi ko'ngildagidek o'tadi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика