So’nggi yangiliklar

16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  0 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  5 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  2 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  5 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1

Superliganing 13-turida hakamlar nechta xatoga yo'l qo'ydi? Rossiyalik ekspertimiz tahlili Yangiliklar

Superliganing 13-turida hakamlar nechta xatoga yo'l qo'ydi? Rossiyalik ekspertimiz tahlili

Sobiq hakam yakunlangan turning eng bahsli vaziyatlarini tahlil qildi.

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev («Alyo, ref!» telegram kanali muallifi) Superliganing 13-tur bahslaridagi eng bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.


«Surxon» - «So'g'diyona»

VIDEO

Vaziyat kamera orqali yaxshi ko'rinmagan, shu bois oyoq va yuz o'rtasida aloqa (rus tilida — kontakt) bo'lgan deb aytishim mumkin. Ushbu holatda "Surxon" foydasiga penalti belgilab, qo'pol o'ynagani uchun "So'g'diyona" futbolchisini ogohlantirish maqsadga muvofiq edi. Vaziyatda aloqa sodir etilmagan bo'lsa-da, himoyachi baribir oyog'ini yuqori ko'targan holda xavfli o'ynadi — bu erkin zarba belgilashga asos bo'la oladi. Bundan tashqari, VARda shu kabi takroriy holatlar bo'lsa-da, vaziyatga aralasha olmasdi, chunki hakamning maydonda yo'l qo'ygan xatolari aniq asoslarga ega emasdi.


«Surxon» - «So'g'diyona»

VIDEO

Hakamning qarorini qo'llab-quvvatlayman: "Surxon" hujumchisi to'pni o'zidan chap tomonga tashladi, biroq o'zi himoyachi bilan aloqaga kirishdi, shu bois yiqilish va o'zaro to'qnashuv darajasida "bezak berish" holati mavjud. To'g'ri, bunday holatlarda penalti ishlash hujumchining vazifasi sanaladi, ammo hakamlar engil va oshkora sodir etilmagan aloqa uchun 11 metrli nuqtani ko'rsatmasligi lozim. Hakamning qarori to'g'ri.


«Surxon» - «So'g'diyona»

VIDEO

Himoyachi deyarli to'p uchun kurashni yakunlagan, to'p esa maydon tashqarisiga chiqib ketayotgandi, ammo ehtiyotsizlik tufayli qoidabuzarlik sodir etildi. Yiqilayotgan “So'g'diyona” futbolchisi qo'li bilan raqibning oyog'iga tegdi. O'sha holatda to'p o'yinda bo'lgani uchun penalti belgilanishi kerak edi. VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi hamda maydondagi hakam muvofiq qaror qabul qildi.


«Neftchi» - «Navbahor»

VIDEO

To'p “Navbahor” himoyachisining tanasiga tegdi. Ehtimol, to'p uning chap qo'liga tekkan bo'lishi mumkin, biroq qo'l tanaga yopishgan, tana maydoni esa kattalashmagandi, shu bois, hakamlar o'yinni davom ettirish qarorini to'g'ri ijro etishgan.


???? «Olimpik» - «Metallurg»

VIDEO

Bahsli vaziyat sodir bo'lgan. O'yindan tashqari holatni aniqlash uchun tortilgan chiziqsiz darvozabonning uzatmasi vaqtida "Metallurg" futbolchisining o'yindan tashqari holatda ekanligini oddiy ko'z bilan aniqlab bo'lmaydi. Agar ofsayd qayd etilgan bo'lsa, qizil kartochkaning bekor qilinishi to'g'ri qaror, chunki o'yindan tashqari holat hujumning faol davrida sodir bo'lgan. Dastlabki qarorga kelsak, hakamning qizil kartochka ko'rsatish qaroriga qo'shila olmayman, chunki poziciya uchun kurashayotgan va parallel ravishda yugurayotgan ikki futbolchi o'rtasida qo'pollik sodir etilganini ko'rmayapman. Qo'l harakatida, albatta, aloqa mavjud, biroq futbol sportning kontaktlarga boy ko'rinishdagi turi hisoblanadi, unda kurashish kerak. SHak-shubhasiz himoyachi tomonidan raqib libosi yoki qo'lidan ushlab atay to'xtatib qolish holati mavjud emasdi. Bunday vaziyatda o'yin davom ettirilishi kerak.


«Olimpik» - «Metallurg»

VIDEO

Hakam maydonda kameradagi takroriy lavhaga qaraganda yaxshiroq rakursda joylashgandi. Ammo takroriy vaziyatda chetlatilgan "Metallurg" futbolchisi raqibga nisbatan qasddan zarba berganga o'xshamadi. To'pga egalik qilayotgan futbolchik takroran uni o'ziga bo'ysundirmoqchi bo'ldi. Bunda raqibning qorin qismiga tizza bilan tegish ehtimoli yuqoriroq. Sariq kartochka chegarasidagi qo'pollik sodir etilgan vaziyatda hakam cho'ntak kovlamasligi ham mumkin edi.


«Olimpik» - «Metallurg»

VIDEO

Hakamning yakuniy qarori to'g'ri bo'ldi: “Metallurg” futbolchisi avvalroq qoidani buzgan holda gol urdi. Poziciya egallash uchun kurashda u raqibni turtish evaziga ustun keldi, bu esa “Olimpik” himoyachisining yiqilishiga olib keldi.


«Olimpik» - «Metallurg»

VIDEO

Qoidalarda takidlanishicha, agarda gol to'p va qo'l o'rtasidagi aloqadan keyin darhol kiritilsa, uni bekor qilish kerak. Ushbu epizodda to'p qo'lga tegish tufayli "Metallurg" hujumchisiga qulay tarzda kelib tushdi. Qoidalarga binoan, golni inobatga olib bo'lmaydi. Hakam xatoga yo'l qo'ydi. Biroq shuni takidlash joizki, odatda, bunday vaziyatlar faqat jarima maydonchasida, qo'l hujumchiga to'pni nazorat qilishga yordam berganda to'g'ri hisoblanadi.

SHu tariqa, sakkizta bahsli epizodda hakamlar uchta xatoga yo'l qo'yishdi. Yana bir lahzani tahlil qilish qiyin bo'ldi, chunki ofsayd chizig'isiz o'yindan tashqari holatni ko'z bilan aniqlash qiyin.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика