So’nggi yangiliklar

22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  0 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  1 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  7 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  40 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  8 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  1 16:39Пике "Олтин тўп" учун асосий фаворитларни айтиб ўтди  41

Superliganing 10-turida barcha stadionlarda 2 tadan iPhone 8 smartfonini yutib olish uchun imkoniyat bo'ladi Yangiliklar

Superliganing 10-turida barcha stadionlarda 2 tadan iPhone 8 smartfonini yutib olish uchun imkoniyat bo'ladi

Teglar :  Superliga10-tur
Superliga o'yinlariga bo'lgan qiziqishning ortib borayotgani, muxlislarning stadionlarga tashrifida ijobiy o'zgarishlar yuzaga kelayotganidan kelib chiqib, O'FA hamda PFL rahbariyati 10-tur uchrashuvlari uchun 12 ta iPhone 8 smartfonini tayyorlab qo'ydi.

Mazkur smartfonlar 10-tur bellashuvlariga tashrif buyurgan futbol muxlislariga nasib etishi ko'zda tutilgan. G'oliblar lotereya orqali aniqlanadi. SHu kuni “Bunyodkor”, “Neftchi”, AGMK, “Qizilqum”, “Paxtakor” va “Buxoro” stadionlarining har birida yutuq uchun 2 tadan smartfon bo'ladi.

Futbol klublarining o'yin uchun chiqargan chiptalari barcha talablarga javob berib, unda raqamlarni alohida qirqib olishning imkoni bo'lsa, yutuqlar baxtli chipta egasiga nasib qiladi. Agar chiptalar bunday talablarga javob bermasa, u holda PFL hamda klub vakili smartfon egasini quyidagi shart bo'yicha topadi.

Stadionda muxlislar hozir bo'lgan barcha sektorlar nomi yozilgan qozog'chalar savatga tashlanadi. Xolis odam savatdan qog'ozni tortib, sektorni aniqlab beradi. Demak, faqatgina shu sektorda o'tirgan muxlislarda smartfonni qo'lga kiritish imkoniyati saqlanib qoladi. Keyinroq pastdan tepaga qatorlar sanab olinadi va savatdan qator raqami tortiladi. G'olib bo'lish imkoniyatini faqat shu qator egalari saqlab qoladi. Eng so'ngida esa bitta qatorda o'tirgan muxlislar chapdan o'ngga sanab olinib, yana bir marta raqam tortiladi. G'olibga sovrin o'sha sektorning o'zida topshiriladi. Ikkinchi smartfon egasi ham shu tariqa aniqlab olinadi.

PFL kelasi mavsumdan boshlab Superliga o'yinlariga chiqariladigan chiptalar masalasi, sektorlarning nomlanishi, o'rindiqlarning raqamlariga jiddiy etibor beradi. Bu esa yutuqli o'yinlarni o'tkazishda qo'shimcha qulayliklar yaratadi.  

Quyida 10-tur uchrashuvlari vaqti keltirib o'tilgan. Barcha futbol muxlislarini bellashuvlarni stadiondan turib tomosha qilishga taklif etib qolamiz.

Superligasi
10-tur
4 may (juma)

18:00 “Bunyodkor” — “Nasaf” (jonli)
18:00 “Neftchi” — “Lokomotiv” (yozib olinadi)

5 may (shanba)
18:30 AGMK — “So'g'diyona”
20:30 “Qizilqum” — “Metallurg”

6 may (yakshanba)
18:00 “Paxtakor” — “Qo'qon-1912”
20:00 “Buxoro” — “Navbahor”

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика