So’nggi yangiliklar

21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  0 21:00Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  151 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  5 20:50Суперлига. "Динамо" – "Насаф" 2:1 (матнли трансляция)  64 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  2 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  8 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  24 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  7 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0

Nodirxo'ja Yuldashev: "Superligani markazlashgan holatda o'tishiga norozi bo'layotganlarga tushuncha" Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: "Superligani markazlashgan holatda o'tishiga norozi bo'layotganlarga tushuncha"

Ayni paytda Toshkent va Toshkent viloyatini qo'shganda, quyidagi stadionlar mavjud:

1. Paxtakor
2. JAR 2 ta maydon
3. Bunedkor 3 ta maydon
4. Lokomotiv
5. TTYMI
6. Olmaliq
7. Olmaliq 2 (eski stadion)
8. Bekobod Markaziy.

Tomoshabinlar kiritilishi mumkin bo'lmagan o'yinlar uchun, Bunyodkor zaxira maydonlari ham sifat bo'yicha hozirgi ayrim superliga jamoalarining maydonidan yaxshiroq. Demak, bizda 8 ta yaxshi sifatdagi maydon bor.

Endi yuqoridagi maydonlarga qo'shimcha mashg'ulot arenalari:
1. Do'rmon (Olmaliq o'sha erda)
2. Politotdel
3. CHirchiq (Metallurg o'sha erda)
4. Qibray 3ta maydon.
5. To'qimachilar
6. NBU


Vodiyda 4ta stadion bor, ammo mashg'ulotlarga etmaydi va 2 kun ketma-ket bitta stadionga hech kim o'yin qo'ymaydi.

Qashqadaryoda bu narsani qo'shni viloyat bilan hamkorlikda o'tkazishi mumkin. Bir o'zi kuchi etmaydi (bu haqda yil boshida yozganman)

Boshqa viloyatlar bo'yicha imkoniyat - yo'q!

Toshkentda bo'lishini yana bir eng muhim tomoni mehmonxonalar. Hakamlar hozir Respublikaning bir chetidan, ikkinchi chetiga qatnovni yo'qligi tufayli bora olmaydilar. Va eng kerakligi, TV ayni paytda Toshkentdan tashqariga chiqa olmaydi. Muxlissiz o'tayotgan o'yinlarni, hech yo'g'i TVda ko'rish lozim.

Bu bor yo'g'i uchta tur. Uchta turni qoldirsa bo'larmidi?

Bizda yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bor. SHundoq ham Navbahor, AGMK, Bunyodkor va Lokomotiv o'yinlariga tasir qiladi.

Paxtakor OCHLga ketadi. Agar guruhdan chiqsa, deyarli bir oy chempionatda qatnasha olmaydi. Ayni paytda Paxtakor kamida 4ta turni aniq o'tkazib yuboradi. Qoldirilgan o'yinlar dekabrgacha cho'ziladi. O'zbekiston MTJ sentyabrda ikkita o'rtoqlik o'yini bor. Biroz o'tib, JCH saralash o'yinlari, oktyabr va noyabr oylarida.

Agar hozirgi uchta turni qoldirsak, O'zbekiston chempionati bu yil aniq tugamaydi.

Bugun Toshkent jamoasiga qarshi, Toshkentda o'ynayotganlar 2 davrada mezbonga aylanadi.

SHunda ko'pchiligingiz, bir gapni aytasiz, - Diyor karantinda nega markazlashgan chempionat o'tkazmadi, hozir chempionatni tugatgan bo'lardik...

Bu yil, sinovli yil bo'ldi. CHidaylik, sabr qilaylik.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика