So’nggi yangiliklar

15:14"Бетис" Конференциялар Лигаси финалидан олдин ҳазил тариқасида логотипини ўзгартирди  0 14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  1 14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  14 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  12 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  7 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  4 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  4 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1

Superligaga qaytgan "Mashal"ga sobiq futbolchilar tabrik yo'llashdi Yangiliklar

Superligaga qaytgan "Mashal"ga sobiq futbolchilar tabrik yo'llashdi

Muddatidan avval A PRO-Liga g'olibligini qo'lga kiritib, Superligaga yo'l olgan Mashal jamoasini bir qator mutaxassislar, sobiq va boshqa jamoalarda ijara asosida to'p surayotgan futbolchilari o'zlarining tabriklarini yo'llashdi.


Aleksandr Xomyakov - «Andijon» jamoasi bosh murabbiyi


Bilasizmi, men «Mashal»dan ketayotib jamoani Superligada kutishimni aytgandim. Nihoyat ular ham yana keyingi yil Superligada o'ynashadi. Bundan juda xursandman, jamoani chin qalbimdan tabriklayman. Ular keyingi yili juda yaxshi o'zgarishlar qilishlari va tomoshabop o'yin ko'rsatishlari aniq. Jamoaga chin qalbimdan omad tilayman.

Baxtiyor Sattarov - "SHerdor" jamoasi bosh murabbiyi


O'zbek futbolini yorqin alangasi va ustunlaridan biri bo'lgan PFK "MASH'AL" jamoasini Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan o'zim va jamoamiz nomidan tabriklayman! "Mashal"ning Superligada ishtiroki o'zbek futbolini yutug'i bo'ladi. O'ylaymanki, jamoa yana o'z mavqeini tez orada tiklab, O'zbekistonni turli yoshdagi terma jamoalariga munosib futbolchilar etishtirishda davom etadi. Bu borada klubda tizim to'g'ri yo'lga qo'yilgan. U erdagi rahbarlar haqiqiy futbol mutaxassislari, I. Qurbonov esa hozirgi kundagi futbol menejerlarini eng yaxshilaridan biri. "Mashal" kuchlilar safiga qaytganidan xursandmiz.

Humoyun Murtazoev - «Nasaf» futbol klubi


Ikki yil «Mashal» Superligadan chetda qoldi. SHu vaqt mobaynida «Mashal»ni butun o'zbek futboli muxlislari yo'qlamagan va tilga olmagan kuni bo'lmadi hisob. Mana hozir men terma jamoa yig'iniga taklif etildim, tarkibga nazar solib qarasam Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiev, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov va o'zim bor ekanman. Bu katta natija va bunga osonlikcha erishilmagan. CHin qalbimdan «Mashal»ni tabriklayman, og'ir mavsumda mardonavor kurashib chempion bo'lishdi. CHemionlik muborak bo'lsin do'stlarimizga!

SHahzod Ubaydullaev - «Andijon» futbol klubi


Nihoyat bu safar «Mashal» maqsadiga erishdi. CHempionlik muborak bo'lsin, bu g'alaba butun o'zbek futboliniki ular «Mashal»ni ikki yil kutishdi. Menimcha bu yil «Mashal» Superligada kuchli jamoa bo'lib qaytadi. Klubdagi do'stlarimni va klub rahbariyatini yana bir bora tabriklayman.

Javohir Ilyosov - «Lokomotiv» futbol klubi


Avvalo «Mashal»ni yana o'z joyiga qaytgani bilan tabriklayman. Bolalar juda katta mehnat qilishib mana yakunda chempion bo'lishdi. Men doim «Mashal» bilan birgaman. O'ylaymanki keyingi Superligada «Mashal» o'zini har tomonlama ko'rsatadi. SHuni alohida takidlagan bo'lardimki, «Mashal»ga rahmat bizni shunday darajalarga etkazgan klub bo'ladi. Omad tilayman barcha barchalariga!

Jamoliddin Ubaydullaev - «Buxoro» futbol klubi


Avvalo men barcha Muboraklik futbol muhlislarini «Mashal»ning ashaddiy fanatlarini jamoaning Superligaga chiqqani bilan samimiy qutlayman. Ochig'i men juda xursand bo'ldim jamoani yana yuqori elitaga qaytganidan. O'ylaymanki«Gazchi»lar Superligada super g'alabalarni qo'lga kiritishadi. CHempionlik muborak bo'lsin !

Sardor Abdurimov - «Nasaf» futbol klubi


Ikki yillik o'zbek futbolidagi yangiliklar «Mashal»siz o'tdi. Bu esa baribir ko'pgina o'zbek futboli muhlislarini ranjitdi. CHempionlik bilan alohida tabriklayman. Muborak xalqiga yangi futbol bahori, yangi liga muborak bo'lsin!

Vohid SHodiev - «Qizilqum» futbol klubi


Ochig'i «Mashal» uchun juda xursandman, chunki bunday klubning joyi quyi ligada emas. SHu bois «Mashal»ning Superligaga qaytishi nafaqat Muboraklik balki butun o'zbek futboli muxlislarini juda quvontirdi. Men chempionlik bilan sobiq jamoamni tabriklayman. Keyingi yil yangicha va o'zgacha «Mashal»ni ko'ramiz degan umiddaman. Omad yor bo'lsin!

Zafar To'raev - «Qo'qon-1912» futbol klubi


Ikki yil oldin «Mashal»ni tark etgan bo'lsamda shu vaqt ichida doim «Mashal»ni sog'inib sobiq jamoamni tezroq elitaga qaytishini hohladim. Har-bir bahsni kuzatib bordim nixoyat men va «Mashal» muhlislari orziqib kutgan kun keldi. CHempionlik va Superliga bilan «Mashal»chilarni tabriklayman!

Sanjar Quvvatov - «Paxtakor» futbol klubi


Keyingi yili «Mashal»ga qarshi maydonga chiqamiz. Bu shaxsan men uchun qiziqarli. Muborakda shunday jamoa ikki yil PRO-Ligada yurdi. Ammo Muborakda futbol professional tarzda yo'lga qo'yilgani mana yana isbotini topdi. Superligaga chiqqani bilan sobiq jamoamni samimiy tabriklayman.

SHahzod SHaymanov - “Navbahor” futbol klubi


“Mashal” ni Superligaga qaytgani bilan tabriklayman. « Navbahor »da men bilan yana 4-5 nafar sobiq «Mashal»chilar bor ular ham «Mashal»ning elitaga qaytganidan xursand. CHunki bu klubning o'zbek futboli oldida tutgan o'rni, mavqei bor. Klubning barcha xodimlari va «Mashal»ni Superligaga yo'l olgani bilan qutlayman!


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика