So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Superligadagi debyuti, Eshbo'taev bilan raqobat va ispaniyalik mutaxassis borasida Davron Merganov qanday fikrda? Yangiliklar

Superligadagi debyuti, Eshbo'taev bilan raqobat va ispaniyalik mutaxassis borasida Davron Merganov qanday fikrda?

“Surxon” jamoasida darvozabonlar borasida muammolar yuzaga keldi.

Ispaniyalik golkiper ayrim sabablarga ko'ra, yurtiga jo'nab ketdi. SHohruh Eshbo'taev esa jarohat oldi. Murabbiylar shtabi esa yosh posbon Davron Merganovga ishonch bildirdi. U birinchi davrada 3ta o'yinda maydonga tushdi. 20 yoshli Merganov Superligadagi taassurotlari qanday? Buni bilish istagida u bilan suhbatlashdik. 


- Birinchi davradan olgan taassurotlaringiz qanday?

- Mavsumning dastlabki qismi menda ancha yaxshi taassurotlar qoldirdi. Deylik, juda ko'p qiziqarli o'yinlar bo'ldi. Mavsumning dastlabki qismi men uchun yaxshi kechdi deya olaman. CHunki men Superligada debyut qilish imkoniga ega bo'ldim. Umid qilamanki, ikkinchi davrada jamoamiz yanada yaxshi o'yinlar o'tkaza oladi. Natijalarimiz ijobiy ko'rinish oladi. Mavsumni yuqori o'rinlardan birida yakunlay olamiz.

- Jamoa asosiy darvozabonlarini safdan chiqishi va sizga imkoniyat bo'lishini sira o'ylab ko'rganmidingiz?

- To'g'risi, buni o'ylamagandim. Biroq men professional futbolchiman va imkoniyat bo'lishiga tayyor turamiz. Mening vazifam - jamoamga foyda keltirish va "Surxon"ni munosib ximoya kilish hisoblanadi. Imkoniyat berilganidan juda xursandman.

- Superligada debyut qildingiz. Hayojon bo'ldimi?

- Albatta ha, boshida biroz hayojon bo'ldi. Lekin murabbiyimiz menga to'g'ri ko'rsatmalar berdi. Bu esa meni maydonda xotirjam bo'lishimga yordam berdi deya olaman. 

- Futbol kirib kelishingiz qanday ro'y bergan?

- Onam tufayli futbolga kirib kelganman. Yani, onamlar futbol internatiga olib kelganlar. Mening birinchi murabbiyi Baxtiyor Bozorov. Aynan shu insondan ko'p narsalarni o'rganganman. 

- Hozirda jamoa darvozabonlar murabbiyi sifatida ispaniyalik Julen Esnaola ishlamoqda. Bu murabbiydan nimalarni o'rganmoqdasiz?

- Ko'p jihatlarni o'zlashtirmoqdaman. U haqiqiy professional va evropacha uslublarni mashg'ulotlarda qo'llaydi. Bu mening o'sishimga katta yordam bo'lmoqda. 

- Eshbo'taev hozirda jarohat sabab jamoaga yordam bera olmayapti. U safga qaytadigan bo'lsa, u bilan raqobatlasha olasizmi?

- Bilasizmi, SHohruh Eshbo'taev tajribali darvozabon, uni juda hurmat qilaman. U bilan yaxshi munosabatdamiz. Aslida “Surxon”da ahillik birinchi o'rinda. Albatta, jamoada sog'lom raqobat kerak. Busiz futbolchi rivojlanmaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика