So’nggi yangiliklar

09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  3 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  1 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  3 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  7 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  5 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  3 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  21 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  14 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  14 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  45 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  3 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  15

Superligada omon qolish missiyasi. "Qizilqum" uyg'ondi, "Buxoro" va "Turon" ortga ketmoqda. "Olimpik" xavfli zonaga yaqin Yangiliklar

Superligada omon qolish missiyasi. "Qizilqum" uyg'ondi, "Buxoro" va "Turon" ortga ketmoqda. "Olimpik" xavfli zonaga yaqin

O'tgan safargi maqolalarimizda Superligada chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarning imkoniyatlarini ko'rib chiqqan edik. Bu yo'lda ularning raqiblari va taqvimi malum.

Endilikda Superligada jon saqlash yo'lidagi jamoalarga razm solamiz. To'g'ri, dastlabki ikki jamoa aniqdek ko'rinmoqda. SHunday bo'lsada, ularda hali umid butkul yo'qolmagan. 

"Turon"


Ikkinchi davra boshidagi ishtiyoq va qo'lga kiritilgan ikki g'alabadan so'ng "Turon" "tulporlari" yarim yo'lda qolib ketdi. Raqamlar ham aytib turibdiki, yaypanliklar so'nggi 5ta o'yinda faqat bir ochko qo'lga kirita olishdi va bu formatda ham jamoa oxirgi o'rinda. Bundan "Qizilqum" foydalanib qolgan qolgan bo'lsa, "Buxoro" bir ochkolik farqni saqlab turibdi. Umuman 14 yoki 13 qaysi o'rin bilan mavsumni tugatish ahamiyatsiz, baribir quyi ligaga chipta beradi. 12-o'ringina pley-off orqali elitada qolish imkonini hosil qiladi. 

"Turon" - "Metallurg" 1:1

"Navbahor" - "Turon" 5:0

"Olimpik" - "Turon" 2:0

"Turon" - "Bunyodkor" 1:2

"Surxon" - "Turon" 1:0 

Yorqin Nazarov shogirdlarining oldindagi taqvimiga havas qilish qiyin. Jamoa ketma-ket kuchli raqiblar imtixonidan o'tadi. Faqatgina oxirgi tur "Qizilqum" bilan o'ynaydi. Balki ungacha ko'p narsa hal bo'lib ulgursa bu uchrashuvning ahamiyati katta bo'lmas.  



Navbatdagi uchrashuvlar:

22-tur. "Paxtakor" - "Turon"


23-tur. "Turon" - "So'g'diyona"

24-tur. OKMK - "Turon"

19-tur. "Turon" - "Neftchi"

25-tur. "Turon" - "Andijon"

26-tur. "Qizilqum" - "Turon"


Vaziyatni ko'rdingizki, "Turon" 11 o'rindagi "Olimpik"dan 7 ochkoga orqada, pley-off o'rnidagi "Qizilqum"dan 5 ochkoga ortda qolyapti. Oldinda Yaypanliklarda 5ta o'yin bor, mo'jiza ro'y bermasa qiyin. Imkoniyat borgan sari tugab bormoqda. 

"Buxoro"

Superligada qolish missiyasini "Buxoro" Bakaev bilan ham hal qila olayotgani yo'q. Ikkinchi davrada 7ta o'yinda 7 ochko to'pladi. So'nggi 5ta o'yinda jamoa 4 ochko ishladi. O'zaro o'yinlarda "Qizilqum" bilan teng, "Turon"dan ortda. Turnir jadvalida xavfli zonadan uzoqlashish uchun 4 ochko oldindagi "Qizilqum"ni quvib o'tish kerak bo'ladi. 

"Buxoro" - "Navbahor" 0:3

"Neftchi" - "Buxoro" 3:0

"Bunyodkor" - "Buxoro" 1:2

"Buxoro" - "Surxon" 1:1

"Nasaf" - "Buxoro" 1:0

Oldindagi taqvimdan "Paxtakor", "Metallurg",  OKMK, "Andijon" kabi jiddiy jamoalar o'rin olgan. Qolaversa, "Olimpik" bilan qoldirilgan o'yin ham bor. FIFA kunlaridagi tanaffusda Ulug'bek Bakaev jamoasini uyg'ota olishi kerak. Aks holda salom Pro liga!

Keyingi o'yinlar:

22-tur. "Metallurg" - "Buxoro"

23-tur. "Buxoro" - "Paxtakor"

24-tur. "So'g'diyona" - "Buxoro" 

19-tur. "Buxoro" - "Olimpik"

25-tur. "Buxoro" - OKMK 

26-tur. "Andijon" - "Buxoro"

"Qizilqum"

"Oltin izlovchilar"ning holati yuqoridagi ikki jamoanikidan biroz yaxshiroq. Jamoa oxirgi 5ta bellashuvning faqat bittasida mag'lubiyatga uchradi ("Paxtakor"ga). Mazkur holatda "Qizilqum" Superliganing eng yaxshi 4 jamoasi bo'lib turibdi. 

"Nasaf" - "Qizilqum" 0:0

"Qizilqum" - "Paxtakor" 2:3

"Surxon" - "Qizilqum" 1:2

"Qizilqum" - "So'g'diyona" 4:2

"Bunyodkor" - "Qizilqum" 2:2

Jamoa ertaga o'z maydonida OKMKni qabul qilsa, keyingi tur Toshkentda "Olimpik" mehmoni bo'ladi. "Qizilqum" "konchilar" to'sig'idan yaxshi natija bilan o'tib olgan taqdirda "Olimpik" ustidan g'alaba qozonib xavfli xududni tark etadi. Bugungi holatda ochkolar farqi 2tani tashkil qilmoqda. Kapadze jamoasida 2ta qoldirilgan o'yin borligini hisobga olsak, bu hali yakuniy xulosa emas. Bundan tashqari vodiyning 3ta jamoasi tish qayrab turganini aytish joiz. "Qizilqum" so'nggi o'yinlardagidek kayfiyat va ishtiyoqda harakat qilishda davom etsa, vazifani bajarishi mumkin. 

Keyingi uchrashuvlar:

22-tur. "Qizilqum" - OKMK

23-tur. "Olimpik" - "Qizilqum"

24-tur. "Qizilqum" - "Andijon"

25-tur. "Neftchi" - "Qizilqum" 

26-tur. "Qizilqum" - "Turon"

"Olimpik"

Timur Kapadze jamoasi ham Superligadagi o'rnini hali mustahkam saqlab qoldi, deya olmaymiz. Toshkentliklar ikkinchi davrada faqat bitta o'yinda g'alaba qozondi ("Turon" 2:0). O'tgan mavsumda chaqilmas "yong'oq" bo'lgan jamoaga qarshi bu yil qolganlar himoya vositasini ishlab chiqdi va qanday o'ynashni bilib oldi. "Olimpik" endi ular uchun yangilik emas. 

"Olimpik" - "Nasaf" 1:3

"Olimpik" - "Turon" 2:0

"Andijon" - "Olimpik" 2:1

OKMK - "Olimpik" 2:1

"Olimpik" - "So'g'diyona" 3:3

"Olimpik" 20 ochko bilan xavfli xududga yaqin kelib qolgan. To'g'ri ikkita qoldirilgan o'yini bor va yanada yuqorilash ehtimoli yo'q emas. CHunki pastdagi raqibi "Qizilqum" va "Buxoro" bilan o'yinlari bor. Lekin ketma-ket terma jamoa yig'inlari, yuklamalar futbolchilarni mavsum yakuniga kelib toliqtirib qo'ymaydimi, degan savol tug'iladi. 

Navbatdagi o'yinlar:

22-tur. "Olimpik" - "Bunyodkor"

23-tur. "Olimpik" - "Qizilqum"

24-tur. "Neftchi" - "Olimpik"

19-tur. "Buxoro" - "Olimpik"

21-tur. "Surxon" - "Olimpik"

25-tur. "Olimpik" - "Navbahor"

26-tur. "Metallurg" - "Olimpik"

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика