So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Superligada hisob vaqti: Kimga medal, kim Pro ligaga? Yangiliklar

Superligada hisob vaqti: Kimga medal, kim Pro ligaga?

FIFA kunlaridan keyin asosiy etiborimiz yana O'zbekiston Superligasiga qaratiladi.

Mavsum yakuniga qadar 5 ta tur qoldi. Yani, allaqachon "jo'jalarni sanaydigan" vaqt keldi. 

Keling, biz ham turnir jadvalining yakuniy ko'rinishi haqida o'z hisobimizni qilib ko'ramiz. Tasavvur qiling, oldindagi o'yinlarda ham 1-davradagi natijalar aynan qayd etilsa, qanday bo'lar edi? Buning uchun klublarning 9-13-turlarda ko'rsatgan natijalariga etibor qaratamiz (Taqvimning 22-26-turlarida yana o'sha bahslar takrorlanadi). 

Birinchi davra yakunidagi 5 turda barchadan ko'proq ochkoga "Paxtakor" ega chiqqan (13). 4 raqibini mag'lub qilgan "sherlar", "So'g'diyona" bilan durang o'ynagani holda 13 ochko olgandi.

Keyingi o'rinni Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK va Hamidjon Aktamovning "Qizilqum"i band qilgan — 10 ochko.

"Nasaf" — 9 ochko. "Metallurg" va "Loko"ga imkoniyatni boy bergan "ajdarlar" "Andijon", "So'g'diyona" va "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinlarda 3 balldan olgan.

"Navbahor"ning hisobiga 8, "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Mashal"ga esa 7 tadan ochko yozilgan.

5 o'yinning 4 tasida maydonni golsiz tark etgan "So'g'diyona" 6, "Metallurg", "Andijon" va "Surxon" 4 ochkolik bo'lgan. 

Yaypanninng "Turon" klubi 5 o'yinda 5 dona ochko olgan bo'lsa, Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" eng yomon natijani ko'rsatgan — 3.

Agar oldimizda turgan 5 o'yinda jamoalar 1-davradagi natijalarni takrorlashsa, turnir jadvali quyidagicha bo'lar edi.


klubo'yinochko
1"Paxtakor"2164
2AGMK2147
3"Nasaf"2045
4"So'g'diyona"2145
5"Qizilqum"2141
6"Bunyodkor"2140
7"Lokomotiv"2139
8"Navbahor"2137
9"Qo'qon-1912"2131
10"Mashal"2125
11"Metallurg"2123
12"Surxon"2021
13"Andijon"2121
14"Turon"2117

Faqat oxirgi 5 ta tur natijalarini qayta yozib chiqqanimiz tufayli "Nasaf" va "Surxon" o'rtasidagi 19-turning qoldirilgan o'yiniga tegilmadi. 

Mavsum oxirida "Paxtakor"ning 1-bo'lishiga shubha qiladiganlar bo'lmasa kerak. Zotan, barcha "sherlar" chempionlikni nechanchi turda rasmiylashtirishi bilan qiziqyapti. Ammo ayni paytda meddallar uchun kurashda juda qiziq holat vujudga keldi. 1-davradagi natijalar takrorlansa, AGMK va "Nasaf" Jizzax klubidan o'zib ketadi. Bunda Ro'ziqul Berdiev shogirdlari qoldirilgan o'yinni yutsa, ketma-ket 2-yil kumush medalga sazovor bo'lishi mumkin. "Qizilqum" esa poytaxtning 2-jamoasini ortda qoldirib, 5-pog'onaga ko'tariladi. "Navbahor" qatorasiga 3-mavsum 8-o'rin bilan kifoyalanadi.

SHkvirin boshchiligidagi "Turon" 1-bo'lib elitani tark etishi kutilyapti. Agar so'nggi turdan keyin ham "Andijon" va "Surxon"ning ochkolari teng kelsa, Termiz klubi yuqoriga joylashadi. CHunki o'zaro o'yinlardagi ustunlik Bahrom Haydarov shogirdlari tomonda. Barchasi yaqin 45 kun ichida hal bo'ladi. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Siz qanday fikrdasiz? Mavsum oxirida turnir jadvali shunday ko'rinish olishi mumkinmi? Superligani 2 xususiy klub ("Andijon" va "Turon") tark etadimi?

"Temir odam" "Turon"da o'ynayapti

Muallif :
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика