So’nggi yangiliklar

07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  1 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  4 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  3 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  17

Superliga. Tur murabbiyi - Ulug'bek Baqoev Yangiliklar

Superliga. Tur murabbiyi - Ulug'bek Baqoev

Uzoq tanaffusdan keyin qayta boshlangan Coca Cola Superligada 4-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini elon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib borayapmiz.

Superliga. Tur o'yini - "Nasaf" - "Navbahor"

So'g'diyona

Shohruz Norxonov - 50'

Superliga. 4-tur

14/06/2020, 18:00

0
:
1
Tugadi

Paxtakor

45'
90'
21'  Shohruz Norxonov
35'  Ivan Nagayev (ZHavohir Qahramonov)
42'  Sardor Qulmatov
50'  Shohruz Norxonov
50'  Jasur Hasanov O
68'  Jamshid Boltaboev (Sanjar Rashidov)
68'  Jasur Hasanov O (Elivelto Ribeyro)
74'  Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov)
74'  Sanat Shixov (SHahboz Jo'rabekov)
90'  Milan Mitrovich
21'  Egor Krimets
30'  Sanjar Quvvatov
71'  Sherzod A’zamov (Anzur Ismoilov)
71'  Sardor Sobirxo’jayev (Igor Sergeyev)
79'  Dostonbek Hamdamov (Asadbek Sobirzhonov)

Ortda qolgan 4-turning eng yaxshi murabbiyi deb "So'g'diyona" ustozi Ulug'bek Baqoev topildi. Jizzaxliklar o'z maydonlarida amaldagi chempion va shu tur oldidan "Nasaf" bilan birga peshqadamlik qilib turgan "Paxtakor"ni qabul qilishdi. Ko'pchilik bellashuv oldidan "sherlar"ning g'alabasini kutgan bo'lsa ajab emas. Zero, o'yinchilarning darajasi va tarkibning kengligi borasida "Paxtakor" raqibidan ancha ustun edi. Lekin, Baqoev joriy mavsum hali g'alaba qozonmagan shogirdlarini ayni paytda yurtimizdagi eng kuchli klubga qarshi alo darajada tayyorlay oldi. "So'g'diyona" shu kuni tasodifiy g'alabaga erishmadi. Balki, 3 ochkoga mutlaq haqli bo'ldi va munosib g'alabani qo'lga kiritdi.

SHu tariqa, juda kuchli tarkibga ega bo'lgan "Paxtakor"ni mag'lub etgan Ulug'bek Baqoev 4-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.


Qizig'i, Baqoev 2018 yilning 6 aprelida "Buxoro" bilan ham "Paxtakor"ni o'z maydonida aynan 1:0 hisobida mag'lub etgandi. Demak, Baqoev 3 yil ichida ikkinchi bor Arveladzeni engmoqda.

Eslatib o'tamiz, 4-turdan keyin "So'g'diyona" 4 ochko bilan 11-o'ringa ko'tarildi.


Coca Cola Superliga. 4-tur yakunlari (faqat raqamlar)

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика