Superliga. Tur futbolchisi - Marko Stanoevich
12 apr 2021 16:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630610_original.jpg)
![](/upload/storage/630610_220.jpg)
Superliga. Tur futbolchisi - Marko Stanoevich
Biroz avval 7-10 aprel kunlari bo'lib o'tgan beshinchi tur ramziy terma jamoasini elon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.
Superliga. Tur murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev
Ortda qolgan 5-turning eng yaxshi futbolchisi deb "Nasaf" yarim himoyachisi Marko Stanoevich topildi. "Ajdarlar" Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'lishdi va 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvda har ikkala golni ham qarshiliklarning serbiyalik yarim himoyachisi Marko Stanoevich kiritdi. Markoning uzoqdan yo'llaydigan zarbalari kiperlar uchun qo'rqinchli tushga aylanib bormoqda.
SHu tariqa, Nesterov darvozasini ikki bor jarima maydoni tashqarisidan nishonga olgan Marko Stanoevich beshinchi turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar