Superliga. Tur darvozaboni - Islomjon Abdullaev
08 iyu 2020 15:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/579862_original.jpg)
![](/upload/storage/579862_220.jpg)
Superliga. Tur darvozaboni - Islomjon Abdullaev
Coca Cola Superligada 8-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.
Avvalroq tur ramziy terma jamoasini elon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.
Superliga. Sakkizinchi tur ramziy terma jamoasi
Ortda qolgan 8-turning eng yaxshi darvozaboni deb "Andijon" azosi Islomjon Abdullaevni topdik. "Burgutlar" Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'lishdi. Bellashuv davomida kiper uch marotaba jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Agar u bo'lmaganda andijonliklar mag'lubiyat alamini totishlari mumkin edi. Qizig'i, Abdullaev o'tgan turda ham laureat bo'lgandi.
SHu tariqa, bu turda chiroyli seyvlari bilan jamoasini bir nechta gollardan qutqarib qolgan Islomjon Abdullaev 8-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar