So’nggi yangiliklar

12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  2 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  41 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  20 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  2 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  20

Superliga taassurotlari. Xalq futbolni sog'inibdi Yangiliklar

Superliga taassurotlari. Xalq futbolni sog'inibdi

Yangicha nom bilan tilga olinayotgan Superliganing dastlabki ikki turi ortda qoldi. Bo'lib o'tgan 12ta o'yin orasida bir qator qiziqarli bahslar bilan birga kutilmagan natijalarga guvoh bo'ldik.

Lekin bizni ko'proq xursand qilgani stadionlarga yana minglab muxlislarning tashrif buyurayotgani bo'lyapti. Zero futbol - xalq uchun, futbolchi muxlislar uchun o'ynamasa, kim uchun o'ynaydi? SHu o'rinda ishqibozlarni huvillab qolgan stadionlarga qaytarish borasida PFL ham katta ko'lamdagi ishlarni olib borayotganini takidlab o'tmasak bo'lmaydi.

Boshida xavotir bor edi

PFL tomonidan Superliga taqvimi elon qilingach, o'yinlar 18:00dan vaqtli boshlanmasligi malum qilindi. Bunga sabablar etarlicha edi. Yaxshi bilasiz, avvalgi yillari ayniqsa, bahor oylarida aksar bellashuvlar 15:30, 16:00 kabi vaqtga qo'yilar, bu esa ishi va o'qishi bor muxlislar uchun stadionga borishga noqulaylik tug'dirardi.

Faqat “Nasaf”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va ko'p hollarda “Qizilqum” stadionidagi bahslargina o'yingohdagi yoritgichlar tufayli birmuncha kech boshlanardi. Endi bo'lsa jamoalarning o'zicha vaqt belgilashi ketmaydi. Mezbon klub o'yin vaqtini qo'yayotganida albatta PFL va “Sport” telekanali bilan maslahatlashishiga to'g'ri keladi.

SHu o'rinda “Sport” TV xodimlariga alohida minnatdorchilik bildirsak arziydi. Axir turning barcha uchrashuvlarini to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatishning o'zi bo'ladimi. Bu juda katta hajmdagi mehnat va chiqim talab etishini unutmaylik. Lekin PFL va “Sport” bir yoqadan bosh chiqarib til biriktira oldiki, buning natijasida stadionga bormay uyda ko'rishni maqul bilayotgan muxlislar ham yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi.

Qolaversa, o'yinlarning boshlanish vaqti tomoshabinlar uchun qulay vaqtga qo'yildi. Bitta o'yin tugashi bilan ikkinchisi boshlanyapti. Hatto o'tgan yil ham shunday bo'lishi mumkinligini tasavvur qila olmasdik, to'g'rimi?

Albatta, o'yinlar jonli tarzda efirga ketadi deyilganidan keyin boshida xavotir bo'ldi. Yani, hamma televizorda futbol ko'raman deb stadionga keluvchilar soni yana kamayib ketsa-chi degan fikr yo'q emasdi. Ammo dastlabki ikkita tur shuni ko'rsatdiki, xalqimiz futbolni ancha sog'inib qolgan ekan.

Aslida haqiqiy muxlis uchun o'yingohga borib 90 daqiqa futbol ko'rishga nima etsin. Ichki chempionat bahslari boshqa davlatlarda ham oynai jahon orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi, lekin baribir o'yin payti stadionlar to'la bo'ladi. Sekin-asta bizda ham shunday bo'layotgani ko'zni quvontiradi.


Raqamlar nima deydi?

Superligada 1-tur uchrashuvlari yakuniga etganidan so'ng muxlislar soniga alohida etibor berdik. Raqamlar shuni ko'rsatyaptiki, dastlabki turda eng ko'p tomoshabin “Neftchi” - “Nasaf” bahsida qayd etildi: 19632 nafar. O'tgan yil “Neftchi” o'z o'yinini topa olmay turnir jadvalining quyi o'rinlarida yurgan payt Farg'onadagi stadionga mingta tomoshabin kelishi rekord darajaga chiqib qolgandi. SHunday bo'ldiki, bazi uchrashuvlarda 300-500 atrofida muxlis keldi. SHunday chiroyli stadionda muxlissiz futbol “Neftchi”ning o'ziga ham og'ir botgandi.

Ammo PFL say-harakati bilan yana odamlar futbolga qayta boshladi. Buning uchun avvalo o'yin vaqtining muxlislar uchun qulay soatga qo'yilishi asosiy sabab bo'ldi. To'g'ri-da, ishdan chiqib futbolga borishni qaysi vodiylik xohlamaydi deysiz. Qizig'i shundaki, ilk turda eng kam muxlis “Metallurg” - “Navbahor” bahsiga tashrif buyurdi: 8175 nafar. Lekin o'tgan yillar bilan taqqoslaganda bu raqam aslida ko'p ko'rinadi. CHunki 200 muxlis qarshisida kechgan oliy liga o'yinlarini ham ko'rganmiz. Lekin “Metallurg” bizga odam kam kelibdi deb xunob bo'lmasa ham bo'laveradi, chunki Bekobod uchun 8175 raqami juda yaxshi ko'rsatkich.


SHu o'rinda Superliganing dastlabki ikki turida stadionlarga qancha muxlis kelganini yana bir bor keltirib o'tsak.

1-tur
“Neftchi” - “Nasaf” 0:0. 19632 tomoshabin
“Paxtakor” - “So'g'diyona” 2:0. 15026
“Buxoro” - “Qo'qon-1912” 1:0. 13495
“Qizilqum” - “Lokomotiv” 0:3. 13448
“Bunyodkor” - AGMK 1:1. 12475
“Metallurg” - “Navbahor” 0:0. 8175

2-tur
“Bunyodkor” - “Paxtakor” 1:0. 20186
“Nasaf” - “Buxoro” 3:1. 10386
“So'g'diyona” - “Neftchi” 0:0. 8512
AGMK - “Navbahor” 1:2. 8320
“Qizilqum” - “Qo'qon-1912” 0:2. 7302
“Lokomotiv” - “Metallurg” 1:1. 3188

Dastlabki turda jami muxlislar soni 80570ni tashkil etgandi. Keyingi turda bu raqam 57894 ko'rinish oldi. Bu esa 22676 muxlisni yo'qotdik degan manoni bildiryapti. Lekin keyingi turda muxlislar soni yana ko'paysa ajab emas, negaki “Navbahor” bilan “Neftchi” o'z maydonida to'p suradi.

Raqamlarga etibor bersak, ikkita uchrashuvni o'z maydonida o'tkazgan “Qizilqum”da pasayish borligini ko'ramiz. Jamoa ilk turda “Lokomotiv”ni qabul qilganida 13 mingdan ziyod muxlis kelgandi. Ammo yutqazib qo'ygani uchun bo'lsa kerak, navbatdagi turda ishqibozlar soni deyarli ikki baravarga tushib ketdi. 3-turda “Qizilqum” yana o'z maydonida o'ynaydi. Navoiyda “Nasaf” mehmon bo'lishini hisobga olsak, muxlislar soni ortsa ajab emas.


PFLdan o'ta jiddiy talablar

Esingizda bo'lsa, o'tgan yilning sentyabr oyida Umid Ahmadjonov O'FF prezidenti (u payt O'zbekiston futbol federaciyasi deb yuritilardi - muallif.) etib tayinlanganida eng ko'p takrorlagan gapi avvalo muxlislarni stadionga qaytarishni o'ylashimiz kerak bo'lgandi. Ahmadjonov tashkilot rahbari etib tayinlangach, O'FFning barcha bo'limlarida xodimlar almashinuvi yuz berdi.

Ichki chempionatimizning tamal toshi hisoblangan PFLda ham rahbariyat o'zgardi. Ko'p o'tmay Omon G'ofurov PFL bosh direktori etib tayinlandi. Keyinchalik Umid Ahmadjonov PFLning yangi bosh direktori aynan muxlislarni stadionga qaytarish bo'yicha alohida topshiriq bergani aniq.

SHu o'rinda savol tug'ilishi mumkin, ishqibozlarning futbolga borishida PFLning nima aloqasi bor, kim futbolni yoqtirsa o'zi indamay ketaveradi-da deb. To'g'ri, haqiqiy futbol jonkuyariga ortiqcha eslatma shart emas, lekin bugungi kunda o'yinlarni reklama qilish, anons tayyorlash, muxlislarni stadionga jalb etuvchi promo-roliklar tayyorlash zamon talabi bo'lib qoldi.

Qolaversa, bugungi kunda hamma ham ketdik, futbol bor degan bilan ishini yig'ishtirib stadionga oshiqadigan ahvolda emas. Odamlarga bugun o'yin bo'ladi deyishning o'zi kamlik qilyapti. Endilikda ularni yanada qiziqtirmasa bo'lmay qoldi. Faqatgina milliy terma jamoa o'ynasagina bundan mustasno, chunki bosh jamoamiz o'yini ortiqcha reklamaga muhtoj emas.

Yangi tuzilgan PFL o'yingohlarga muxlislarni qaytarish borasida alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqa boshladi. Oldin klublar qancha odam kelsa bizga farqi yo'q, kammi-ko'pmi muhimi o'z o'yinimizni o'ynab yutsak bo'lgani qabilida ish tutardi. Endi bo'lsa vaziyat o'zgaryapti. Buyog'iga kerak bo'lsa kam ishqiboz kelgani uchun mezbon jamoa aybdor bo'lib qoladi. Negaki PFL tomonidan klublar oldiga bo'sh tribuna qarshisida o'ynamaslik sharti qo'yilgan. To'g'ri-da, jonli efir ketayotgan bir paytda kamera qarshisida tomoshabin bo'lmasa televizor orqali bu holat naqadar ayanchli ko'rinadi.


Ko'rilishi kerak bo'lgan chora-tadbirlar

Ana endi PFL tomonidan klublar oldiga qo'yilayotgan talablar borasida to'xtalamiz. PFL fikricha, futbol - bu o'yinmi, demak stadionga muxlis kelishi shart. Zero, bo'm-bo'sh tribunadagi futbol hech kimga qiziq emas. Oddiy muxlisga stadionga borib maza qilib futbol ko'rishi uchun nima kerak?

Birinchi navbatda o'yin qiziq o'tishi lozim. Bu endi ko'proq murabbiy va futbolchilar zimmasidagi vazifa hisoblanadi. Murabbiy jamoani qanchalik tayyorlay bilsa, futbolchilar qancha ko'p hakat qilsa, o'yin shuncha qiziq bo'ladi. Ikkinchidan, vaqt masalasi. Bu muammo echildi hisob, chunki o'yinlar hamma uchun qulay soatga qo'yilyapti. Uchinchidan esa barchamizga kerak bo'lgan o'tirishga qulay o'rindiqlar, egulik sotib olish imkoniyati, zarur paytda hojatga chiqish holatlari va hokazo. Bular ham joy-joyida bo'lishi kerak, negaki har tomonlama sharoit qancha yaxshilansa, odamlar kelishi shuncha ko'payadi.

Sekin-asta deyarli barcha stadionlarga kiraverishda sport do'konlari, oziq-ovqat stollari tashkil qilinyapti. Albatta, hammamiz tirik jonmiz, nimadir ichgimiz-egimiz keladi. Axir stadionga borgach faqat futbol ko'rib qaytmaymiz-ku. Bu endi avvalo klublarga taalluqli masalalar. O'z maydonida o'tadigan bellashuvga qancha ko'p muxlis kelsa, bu o'sha klubning obro'si. Odam kelyaptimi, demak jamoani hurmat qilgani, futbolni yaxshi ko'rgani uchun keladi. Yo'qsa kechki 20:00dan keyin stadionga borish kimga zaril. Undan ko'ra uyda maza qilib yonboshlab televizorda ko'raman demaydimi.


PFL muxlislar futbol ko'rish uchun stadionga kelsin degan maqsadda klublar oldiga bir qator majburiyatlarni qo'ymoqda. Masalan, tur uchrashuvlari oldidan reklama roliklari tayyorlash hamda mahalliy televidenie orqali, shuningdek OAV nashrlari, internet tarmoqlarida to o'yin kunigacha uzluksiz berib borish, shaharning markaziy ko'chalarida futbolga chorlovchi suratli bannerlar ilish, turli afisha, bukletlar tayyorlash va ularning odam gavjum bo'ladigan joylarda tarqatish, o'yin oldidan taniqli sanatkorlar ijrosida turli ko'ngilochar koncert dasturlari tashkil etish, chiptalarni faqat stadion kassalarida emas, balki bozor, maktab, kollej, oliy talim muassasalari, shuningdek bekat va katta supermarketlar oldida sotilishini taminlash, tanaffus vaqtida lotereya o'yinlarini tashkil etish, alohida tribunada oilaviy sektor ajratish, xullas muxlis stadionga kelishi uchun nimaiki zarur bo'lsa, barchasini hal etish ustuvor vazifa sifatida belgilab qo'yildi.

Bu kabi masalalar ichiga o'yingohga kelgan aksar ishqibozlarni bepul to'plar, jamoa sharflari, bayroqlar, klub atributikalari bilan taminlash ham o'rin olgan. Faraz qiling, stadionga borib ham futbol ko'rasiz, ham o'yindan so'ng bitta to'p yoki sharf bilan qaytasiz. “Bunyodkor” AGMKga qarshi mavsumning ochilish uchrashuvida mana shunday tadbirni amalga oshirdi va buning uchun klub xodimlariga rahmat aytsa arziydi.

Biz xohlardikki, odamlarni stadionga qaytarish uchun barcha joylarda jiddiy ish olib borilsa, buning uchun fan-klublar zimmasiga ham katta masuliyat yuklanadi. CHunki klublarning shundoq ham ishi ko'p, bu o'rinda fan-klublarning eng shimarib ishlashiga to'g'ri keladi. Zero, muxlislar yana o'zimizning qadrdon stadionlarga qaytayotgan bir paytda shuncha qilinayotgan say-harakat puchga chiqishini hech kim xohlamaydi.

X.Xoliqov.


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика