So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Superliga. "Qo'qon-1912" va "Andijon" Farg'onada durang o'ynashdi Yangiliklar

Superliga. "Qo'qon-1912" va "Andijon" Farg'onada durang o'ynashdi

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

QO'QON-1912 - ANDIJON 0:0
Hakamlar:
Hasan Ro'ziev, Ravil SHoyahmitov, Olim Abduvosilov, G'ayrat Jo'raev.
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov.
Komissar: Erkin Baxtiyorov.

“Qo'qon 1912”: 89. Boyan Knezevich, 10. Quvondiq Ro'ziev, 13. Javohir Esonqulov, 15. Oybek Rustamov (8.Muhammadanas Hasanov, 46) (17.Behruz Sadilloev, 76), 16. Jasur Hasanov, 19. Suhrob Berdiev (11.Timur Hakimov, 85), 20. Iqboljon Malikjonov, 22. SHaxboz Erkinov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Murod Xolmuxammedov.
Zaxira: 1.Islom Abdullaev, 25.Sarvar Karimov, 14.Avaz Mamatxo'jaev, 21.Timur Usmonov, 55.Milosh Nikolich.

“Andijon”: 77. Vitaliy Mirniy, 3. Bobur Amonov, 4. Farhod Mirahmatov (7. SHahboz Jumaboev, 90), 7. Oybek Qilichev, 18. Dilshod Rahmatullaev, 21. Ildar Mamatkazin, 22. Ro'zimboy Ahmedov (9. Sardor Sulaymonov, 25), 24. Doniyor Ismoilov (10. SHaxzod Ubaydullaev, 46), 75. Asror G'ofurov, 88. Abror Xusinov, 89. Bobur Akbarov.
Zaxira: 1. Ruslan Matniyozov, 8. Farhod Bekmurotov, 17. Abdulloh Olimov, 23. ABdurahmon Abdulhaqov, 26. Radosav Aleksich, 34. Xushnud Avilov.

Ogohlantirishlar: Oybek Qilichev 85. 


Qo’qon-1912

Superliga. 2-tur

31/03/2019, 19:15

0
:
0
Tugadi

Andijon

45'
90'
46'  Oybek Rustamov (Muhammadanas Hasanov)
76'  Muhammadanas Hasanov (Behruz Sadilloyev)
85'  Suhrob Berdiyev (Temur Hakimov)
46'  Doniyor Ismoilov (Shahzod Ubaydullayev)
86'  Oybek Qilichev
90'  Farhod Mirahmatov (Shahboz Jumaboev)


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




90+4. O'YIN TUGADI! "Qo'qon-1912" - "Andijon" 0:0

90+3. Oybek Qilichevning jarima maydoncha tomon oshirib bergan to'pini Bobur Akbarov boshi bilan raqib darvozasi tomon yo'llagandi, lekin noaniq.

90+2. "Qo'qon 1912" himoyachisi Marko Milich va "Andijon" jamoasi hujumchisi SHaxzod Ubaydullaev maydon markazida to'qnashib ketishdi va jarohat olishdi

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

90. O'zgarish. "Andijon". Farhod Mirahmatov o'rniga SHaxboz Jumaboev maydonga tushdi

85. O'zgarish. "Qo'qon 1912". Suhrob Berdievning o'rniga Temur Hakimov maydonga tushdi.

85. Ogohlantirish. "Andijon". Oybek Qilichev

78. Maydon markazida belgilangan jarima to'pini Murod Xolmuxammedov raqib jarima maydonchasiga oshirib berdi. Vitaliy Mirniy bu safar ham to'pni egallab oldi.

76. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Muhammadanas Xasanov o'rniga Behruz Sadilloev maydonga tushdi

72. Xolmuxammedovning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini Vitaliy Mirniy mohirlik bilan qaytarib yubordi

68. Sardor Sulaymonovning raqib jarima maydonchasiga kirmasdan chap oyoqda yo'llagan zarbasi salgina noaniq ketdi

66. Bugungi uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 6650 nafar muxlis tashrif buyurganligi elon qilindi


64. "Andijon" raqib darvozasini ishg'ol etdi. Lekin, o'yindan tashqari holat yuzaga keldi deb, gol inobatga olinmadi. Xisoblanmagan gol muallifi Sardor Sulaymonov edi.

60. SHaxzod Ubaydullaevning kutilmaganda bergan zarbasini raqib darvozaboni qaytarib qoldi, qaytgan to'pni himoyachilar mayadon tashqarisiga chiqarib yuborishdi



56.  Quvondiq Ro'ziev "Andijon" jarima maydonchasiga kirib yiqildi, vaziyatga yaqin turgan bosh hakam penalti bor deb hisoblamadi. Yiqilgan Quvondiq o'rnidan turib hujumni rivojlantirib, Mirniy darvozasi tomon zarba berdi, lekin noaniq.

54. Oybek Qilichevning burchakdan oshirib bergan zarbasini Sardor Sulaymonov bu safar ham boshi bilan raqib darvozasi tomon yo'lladi, lekin bu safar Boyan Knezevich to'pni egallab oldi.

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Andijon". Doniyor Ismoilov o'rniga SHahzod Ubaydullaev maydonga tushdi

46. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Oybek Rustamov o'rniga Muhammadanas Xasanov maydonga tushdi


45. Birinchi taym tugadi. Hozircha 0:0

45+1. Bobur Amonovning zarbasini Knezevich arang maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi.

45. Suhrob Berdievning chap qanotdan oshirib bergan zarbasini Ildar Mamatkazin qaytarib yubordi.

38. "Qo'qon 1912" jamoasi darvozasi tomon belgilangan jarima to'pini Bobur Akbarov amalga oshirgandi, lekin uning zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi

35. OYbiek Qilichevning jarimadan oshirib bergan to'pini egallab olgan Asror G'ofurov uni yana Oybekning o'ziga qaytarib berdi. Qilichevning ikkinchi marta yo'llagan zarbasi esa kuchsiz chiqqanligi sababli, himoyaichilar osonlik bilan bartaraf etishdi.

31. Asror G'ofurovning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi salgina noaniq ketdi

25. O'zgarish. "Andijon". Ro'zimboy Ahmedovning o'rniga Sardor Sulaymonov tushdi

15. Quvondiq Ro'zievning markazdan "Andijon" jarima maydonchasiga oshirib bergan to'piga Jasur Hasanov eta olmay qoldi va Vitaliy Mirniy uni osonlik bilan egallab oldi.

10. Farhod Mirahmatovning chap qanotdan oshirib bergan to'pini "Qo'qon 1912" darvozaboni egallab oldi. 

7. Oybek Qilichev maydonning o'ng qanotdan jamoasining hujumini rivojlantirib, to'pni raqib jarima maydonchasiga oshirib bergandi, lekin to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

4.
Murod Xolmuhammedovning burchakdan oshirib bergan to'pini egallab olgan maydon egalari hujumni rivojlantirishmoqchi bo'lishdi, ammo aniqlik etishmadi.


3.
"Qo'qon" jamoasining chap qanotdan boshlagan hujumi xavfli bo'ldi. Mirniy maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi.

1.O'YIN BOSHLANDI!

- Bahs soat 19:15da boshlanadi.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика